Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Fursatdan foydalanib butun O‘zbekiston ahlini "Mustaqillik bayrami" kuni bilan muborakbod etaman. Juda og‘ir o‘yin o‘tkazdik. Muhimi 3 ochkoni qo‘lga kiritdik. Jamoani oldinda kichik ta’til kutib turibdi. Ikki jamoa ham ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. O‘yinning yakuniy qismida standart vaziyatdan kiritgan golimiz bizga 3 ochkoni taqdim etdi. O‘yindan emas, natijadan qoniqdim. Navbatdagi uchrashuvlarda "Bunyodkor" jamoasiga omad tilayman.
- Jamoangiz so‘ngi daqiqalarda gol kiritishi evaziga g‘alabani ilib ketgan uchrashuvlar bo‘layapti. Bu sizning rejangizda bor jarayonmi? Masalan, 80-daqiqadan keyingi vaqt uchun alohida ko‘rsatmalar berasizmi?
- Yo‘q, maxsus ko‘rsatma bermaymiz. Maydonga chiqqandan so‘ng faqat futbol haqida o‘ylash kerak. 80-daqiqadan keyin emas, hakam hushtagi chalinib, o‘yin boshlanganidan to oxirigacha bir xil balansda o‘ynashimiz kerak. "Dinamo" bilan o‘yinda shu kabi xatolar evaziga mag‘lub bo‘ldik. Aksincha, gol urgandan so‘ng jamoa yanada qo‘shishi kerak. Futbol aks holda kechirmaydi.
- Superligada darajasi tenglashdi. Sizningcha, bu haqiqatdan ham jamoalarning kuchayishi bilan bog‘liqmi?
- Bunga turlicha yondashish mumkin. Superligada shunchaki o‘yin bo‘lmaydi. Jadval hech narsani anglatmaydi. Birinchi o‘rindagi jamoa bilan 14-o‘rindagi jamoa o‘ynasa ham, kim yutadi, kim yutqazadi, hech kim bilmaydi.
- "Bunyodkor"ga tamal toshi qo‘ygan murabbiylardan birisiz. Jamoaning ayni damdagi inqirozi sizni qanday iztirobga soladi?
- Tashqaridan bir narsa deyish qiyin. Albatta, jamoaga achinaman. Ilyosga ham bu borada aytdim, omad tiladim, jamoa Superligadagi o‘z o‘rnini saqlab qolishni uddalashiga ishonch bildiraman. Bunday holat har bir jamoa bilan yuz berishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi