Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - OKMK (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilyos Zeytullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bu o‘yin haqida fikr bildirish ham og‘ir. Bugun ochiq futbol o‘ynashga intildik. Balki natija keltirishi ham mumkin edi. Gol urganimizda natija boshqacha bo‘lardi. OKMK jamoasi o‘z imkoniyatidan foydalanib ketdi. Javobgarlikni o‘z zimmamga olaman.
- "Bunyodkor" ikkinchi davrani yaxshi boshladi. Jamoa himoyasi ham yaxshilangan. Biroq, hujumda, vaziyatlarni yakunlashda aniqlik yetishmayapti. Bu borada fikringiz qanday?
- Biz raqiblarga jiddiy qarshilik ko‘rsatayapmiz. Bugun kuchli raqibga to‘qnash keldik. Kuchli jamoa, kuchli murabbiylar shtabi jam bo‘lgan. Birinchi bo‘limda 4-5 ta golli vaziyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘limda ham vaziyatlarimiz bo‘ldi. Aniqlik yetishmagani rost, biz bu borada ishlayapmiz. Ayrim vaziyatlar bo‘ldi, nega gol ura olmaganimizni qabul qilish qiyin.
- O‘tgan o‘yinda hakamlar "Navbahor" foydasiga xato qaror chiqarib, "Bunyodkor"dan ochko tortib olishdi. Bugun jamoangiz yaqqol golli vaziyatlardan foydalana olmadi. "Metallurg" bilan ochkolar farqining ko‘p emasligi xavotirga sabab bo‘lmaydimi?
- Futbolda ruhiyat, ruhiy holat juda muhim. Biz jadvalda qiyin ahvolda ekanimizni bilamiz. Shunday vaziyatda hakam o‘yinning so‘ngi daqiqasida xato qaror chiqarib, g‘alabaning yo‘qotilishiga sabab bo‘ldi. Biz uchun hozir har bir ochkoning qadri oltinga teng. Kurashishda davom etamiz. Biz uchun navbatdagi har bir o‘yin final maqomida bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi