
Sebastyan Fundora(21-1-1, 13 KO)ning promouteri Sempson Levkovich amerikalik Terens Krouford(41-0, 31 KO) bilan bo‘lajak jang haqida gapirdi.
"Krouford 37, Sebastyan esa 26 yoshda. Agar Krouford bu bahsda ham Isroil Madrimov bilan kurashgandek jang qilsa, unda hech qanday imkoniyat qolmaydi - Fundora uni nokautga uchratadi", - deya Levkovichning so‘zlarini keltirdi BoxingScene.
Eslatib o‘tamiz, Sebastyan Fundora 2022 yil aprelida sobiq jahon chempioni va hamyurti Erikson Lubinni texnik nokaut bilan mag‘lub etib, vaqtinchalik WBC chempionligini qo‘lga kiritgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar