51
Diyora Keldiyorovaning g‘alabasi tasodif emas yoxud dzyudochi qizlarimiz oltin medallarni “tortib oldi”!
Yozda Fransiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilgan Olimpiya o‘yinlarining eng buyuk voqealaridan biri dzyudo ustasi Diyora Keldiyorovaning o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgani bo‘ldi.
Ayniqsa, dzyudochi qizimizning Parij tatamilarida besh yil davomida mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan jahon va olimpiya chempioni Uta Abeni ippon – sof g‘alaba bilan yenggani hali hamon muhokama qilinmoqda.
Diyora tarixiy g‘alaba tufayli o‘zbek qizlari orasida olimpiya chempion bo‘lgan birinchi sportchiga aylandi. Bundan tashqari, o‘zbek dzyudochilari o‘rtasida ham Olimpiadaning ilk oltin medali aynan Keldiyorovaga nasib qildi.
Janubiy Koreyaning Mungyon shahrida kadetlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida ishtirok etgan dzyudochilarimiz, ayniqsa, qizlar Diyora Keldiyorova, Alisher Yusupov va Muzaffar To‘raboyevning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari asosli ekanini yana bir karra isbotlab qo‘yishdi.
Koreyadagi qit’a birinchiligida 16 mamlakatdan 200 nafarga yaqin yosh dzyudochilar g‘oliblik uchun tatamiga chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasining medal jamg‘arish bo‘yicha umumiy natijalari Janubiy Koreyaniki bilan deyarli bir xil bo‘ldi. Har ikki terma jamoa vakillari oltitadan oltin va to‘rttadan kumush medalga ega chiqdi. Mezbonlarda bronza medal yettita, biznikilarda oltita bo‘ldi. Aynan bronza medalning bittaga ko‘pligi koreyslarga umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni keltirdi.
Ta’kidlash joizki, qizlar bahsida o‘zbek dzyudochilariga yetadigani topilmadi. Terma jamoamiz a’zolaridan to‘rt nafari – Dinora Nazarova (-40 kg), Dilnoza Xamitova (-44 kg), Nigina Safarboyeva (-63 kg) va Zarina Bobonazarova (+70 kg) qit’a chempioni bo‘ldi.
Finalgacha mag‘lubiyatsiz kelgan Nigina Umrzoqova (-52 kg) kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Nargiza Do‘stmamatova (-48 kg) hamda Umida Nig‘matova (+70) bronza medalga egalik qildi.
Qizlar bahsida mezbonlar va mo‘g‘ulistonliklar ikkitadan oltin medalga ega chiqdi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlarda dzyudochilarimiz medal jamg‘arish borasida faqatgina mezbonlardan ortda qoldi xolos.
Vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Xushnudbek Burhonov Xitoy Taypeyi vakili San An Chiangni yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
60 kilogramm vazn toifasidagi final bellashuvida ikki hamyurtimiz – Muhammadjon Masharipov va Bahrom Asadov o‘zaro raqobatlashdi. Bu gal Muhammadjonning qo‘li baland keldi.
Kadetlarimizdan Muhammadkarim Nosirov (-55 kg) va Umrzoq Qurbonmurodov (-66 kg) ham finalgacha mag‘lubiyatsiz odimlab, kumush medallar bilan taqdirlandi.
Dilshod Karimov (-55 kg), Suhrob Abduqodirov (-73 kg), Muhammadali Sa’dullayev (-81) va Musurmonqul Ahrorov (-90 kg) terma jamoamiz g‘aznasiga bronza medal qo‘shdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi