18:00 / 02.09.2024
16

Abduqodir Husanov bo‘yicha yana xushxabar

Abduqodir Husanov bo‘yicha yana xushxabar
Abduqodir Husanov Yevropaning kuchli beshlik mavsumidagi ikkinchi mavsumini boshladi. “Lans”ning asosiy markaziy himoyachisi Kevin Dansoning “Roma”ga transferi barbod bo‘lgan esa-da, avstriyalik futbolchi hali maydonga tushadigan kayfiyatda emas. U “Lans”da qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Bu vaziyatda bosh murabbiy Uill Still himoya markazida 20 yoshli Abuqodirni boshlang‘ich tarkibda tushiryapti. Legioner bu o‘zi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun muhim imkoniyat ekanini yaxshi anglaydi.

Uchinchi turda “Lans” kuchli raqib – “Monako” mehmoni bo‘lib, safardan bir ochko bilan qaytdi. Bu bahsda Abduqodir Husanov boshchiligidagi himoya chizig‘i juda ishonchli o‘ynab, mezbonlarning ko‘plab hujumlarini bartaraf etdi.

Fransiya futbolini yoritib kelayotgan le11hdf.fr sayti eksperti Romen Persho ushbu bellashuvda ishtirok etgan “Lans” o‘yinchilari orasidan eng yaxshi va ishonchni oqlay olmagan futbolchilar o‘yinini tahlil qildi.

Eng yaxshi o‘yinchilar:

Abduqodir Husanov

O‘zbek futbolchisi Kevin Dansoning yo‘qligi uchun “Monako”ga qarshi uchrashuvda ham “Lans”ning himoya chizig‘ini boshqarish vazifasini bajarishiga to‘g‘ri keldi. Husanov bu ishni a’lo darajada uddaladi.

Abduqodir bahs davomida har gal to‘g‘ri pozitsiya tanladi, o‘yinni yaxshi o‘qiy olish qobiliyatini namoyish qildi, raqib hujumchisi Folarin Balogunning xatti-harakatlarini to‘liq o‘z nazoratida ushlab turdi.

Husanovning hujumga qo‘shilishiga maydonning ahvoli yaxshi emasligi anchagina xalaqit qildi. Biroq legioner o‘yinchi himoyadagi barcha vazifalarni to‘liq uddaladi. Abduqodir to‘qqiz marotaba to‘pni o‘z jarima maydonchasidan olib chiqdi, ikkita zarbani blokladi va ikki marta raqib hujumini kesib, to‘pni olib qo‘ydi.

Xamzat Ojediran
Adriyen Tomasson o‘rniga 64-daqiqada maydonga tushgan Xamzat Ojediran “Lans” safidagi debyut uchrashuvidayoq katta iste’dod egasi ekanini ko‘rsatdi. Nigeriyalik legioner ancha harakatchan ekan. Aynan uning raqibdan to‘pni olib qo‘yib, tezkor hujum boshlash qobiliyati jamoaga ancha qo‘l keldi.

Xamzat o‘yinga qo‘shilganidan keyin ikki marotaba jamoadoshlari – Florian Sotoka va Remi Laboni qulay pozitsiyaga olib chiqdi. Biroq ular vaziyatdan foydalana olmadi. Bellashuv yakunlanishi arafasida aynan Ojediran penalti ishladi va lansliklar 11 metrlik belgidan hisobni tenglashtirdi.

Ishonchli oqlamagan futbolchilar:

Uesli Said
Mavsumni juda yaxshi boshlagan Uesli Said “Monako”ga kelganda o‘yinni pasaytirib yubordi. “Lans”ning markaziy hujumchisi bu gal raqib darvozasi oldida faqat bittagina zarbasi bilan esda qoldi xolos. Natijada Uesli Sad tanaffusdayoq o‘rnini Remi Laboga bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keldi.

Joanner Chaves
Joanner Chaves ham hamma uchrashuvni birdek barqaror o‘tkaza olmayapti. “Brest”ga qarshi zo‘r o‘ynagan ekvadorlik legioner “Monako” bilan bahsda hech narsa qila olmadi. Chaves raqib o‘yinchilaridan Jordan Teze, Vanderson va Takumi Minaminoga yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi.

LE11HDF.FR sayti muxlislar o‘rtasida “Lans”ning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o‘tkazgan so‘rovnomasi quyidagi natija bilan yakunlandi:

- Abduqodir Husanov – 53%
- Adriyen Tomasson– 13%
- Remi Labo Laskari – 11%
- Jonatan Gradit – 7%
- Endi Diuf – 7%
- Joanner Chaves – 3%
- Bris Samba – 1%
- Ruben Agilar – 1%
- Fakundo Medina – 1%
- David Pereyra da Kosta – 1%
- Florian Sotoka – 1%
- Uesli Said – 0%.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov bo‘yicha yana xushxabar