23:55 / 02.09.2024
87

Srechko Katanes bo‘lajak raqib KXDR terma jamoasi haqida nimalar dedi?

Srechko Katanes bo‘lajak raqib KXDR terma jamoasi haqida nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes yaqinda championat.asia saytiga katta eksklyuziv intervyu berdi. Ushbu intervyu davomida bosh murabbiyga JCH-2026 uchinchi saralash bosqichidagi birinchi raqib KXDR haqida ham savol berildi.

- Bir necha kundan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchinchi saralash bosqichida KXDRga qarshi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. KXDR "sirli jamoa" desak ham bo‘ladi, ular haqida ma’lumot topish oson vazifa emas. Birinchi raqibimiz qanday o‘rganildi?

- Bir nechta o‘yinlarini tomosha qildim, ammo siz aytib o‘tganingizdek, KXDR "sirli jamoa". Raqibimizda yig‘in o‘tkazish uchun yetarlicha vaqt bor edi va ular birinchi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha imkoniyatlarga ega, lekin biz raqibdan yaxshiroq holatda bo‘lishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim. Yaxshi o‘yin namoyish etib, g‘alaba qozonishimiz lozim. Guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonishimiz kerak va bu juda muhim rol o‘ynaydi.

Aslida nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Hozirgi damda ayrim futbolchilarimiz o‘z klublarida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgan bir paytda, qolganlar kam o‘ynamoqda va o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Bu muammo meni o‘ylantiryapti. Katta o‘zgarish qilish niyatim yo‘q. So‘nggi uch yilda sifatli seleksiya ishlarini olib bordik.

Maqsadimiz — Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish. Bu haqda uch yildan beri gapirib kelamiz. Uch yil muqaddam O‘zbekiston terma jamoasi JCH uchinchi saralash bosqichida ishtirok etmagandi. Terma jamoa tarkibidagi ko‘pgina futbolchilar ushbu saralashdagi ishtirok ular uchun so‘nggi imkoniyat ekanligini yaxshi bilishadi. Futbolchilar bilan ham Shimoliy Koreya jamoasini tahlil qilib chiqamiz, biroq biz qaysi jamoaga qarshi o‘ynashimiz haqida ko‘p ham qayg‘urishimiz kerak emas. Biz o‘zimiz nima qilishimiz kerakligi haqida ko‘proq bosh qotirsak to‘g‘ri bo‘ladi. Futbolchilar ham so‘nggi uch yil davomida nimalarga qodir ekanliklarini bilib olishdi. Jismoniy va ruhiy tomonlama tayyor bo‘lish muhim ahamiyatga ega", - dedi Srechko Katanes.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Srechko Katanes bo‘lajak raqib KXDR terma jamoasi haqida nimalar dedi?