23:12 / 03.09.2024
22

Turki al ash-Sheyx boks superligasini tashkil etmoqchi

Turki al ash-Sheyx boks superligasini tashkil etmoqchi
Saudiya Arabistonida ko‘ngilochar ishlar bo‘yicha bosh boshqarmasi raisi Turki al ash-Sheyx yagona boks ligasini tashkil etmoqchi.

Kelajak uchun rejalarimiz bor. Superligaga o‘xshash nimadir tashkil qilmoqchimiz. Kamarlar haqida gapirmayapmiz. Biroq, 68 nafar jahon chempioni — haddan ziyod ortiq. WBC, WBA, IBF, WBO — barchasi vaziyatni qo‘lga olishi lozim. Bu boksga zarar yetkazadi. Superchempion bo‘lmaydi.

Vaziyatni o‘zgartirishimiz kerak. Tomoshabinga ham bu yoqmaydi. Go‘yoki, televizorni yoqsangiz, hamma chempionga aylanayotgandek. Bokschilarni kamar taqib suratga tushayotganini ko‘p ko‘ryapmiz
”, — deydi ash-Sheyx.

Avvalroq besh kategoriya bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer (50-0) ham boksda chempionlik kamarlarini kamaytirish kerakligini ta’kidlagan edi. U yaqin orada bu muammo hal qilinishiga ishonishini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turki al ash-Sheyx boks superligasini tashkil etmoqchi