Foto: “O‘FA”
Jahon chempionati uchinchi saralash bosqichi oldidan O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov milliy jamoa bilan uchrashdi.
5 sentyabr kuni 2026 yili bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatining uchinchi saralash bosqichi start oladi. 3 sentyabr kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov mas’uliyatli o‘yinlar oldidan milliy terma jamoa a’zolari bilan uchrashdi va ushbu bosqich ahamiyati, o‘zbek xalqining azaliy orzusi bo‘lmish Mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritish orqali muxlislarni xursand qilish muhimligi haqida to‘xtaldi. Bosh murabbiy Srechko Katanesning oldindagi rejalari tinglandi.
Foto: “O‘FA”
Foto: “O‘FA”
Foto: “O‘FA”
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbari shuningdek, futbolchilar bilan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun O‘FA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilgan.
“O‘z o‘rnida jamoaning bir qator yetakchi futbolchilari o‘z fikrlarini bildirib o‘tgan. Tibbiy shtab va jamoaga aloqador barcha mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Abdusalom Abdumavlonovich bo‘lajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi”, deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy jamoasi 5 sentyabr kuni KXDR bilan o‘ynaydi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi