16:51 / 04.09.2024
14

Shavkat Rahmonov: “18 nafar jangchi meni sindirishga urindi"

Shavkat Rahmonov: “18 nafar jangchi meni sindirishga urindi"
Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan qozog‘istonlik UFC jangchisi Shavkat Rahmonov (18-0) yarim o‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Belal Muhammadga javob qaytardi. Avvalroq Belal (24-3-1 N/C) yengilmagan yigitlarni sindirishini aytgandi.

Sendan oldin 18 nafar jangchi meni sindirishga urindi. Biroq men ularning hammasini yer tishlatdim. Sen esa UFC dagi 18 ta jangda faqat uchta yigitni muddatidan oldin yenga olding. Tushun, kamar senga super kuch bermaydi. U seni aqldan ozdirganga o‘xshayapti”, — deb yozadi Shavkat ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Shavkat Rahmonov 29 yoshda. Qozog‘istonlik 2020 yildan buyon UFC da ishtirok etib keladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Rahmonov: “18 nafar jangchi meni sindirishga urindi"