33
JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyani kichik hisobda mag‘lub etdi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 3-saralashi 1-turida Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov Nasrullayevning uzatmasidan so‘ng darvozani ishg‘ol etdi.
40-daqiqada esa O‘tkir Yusupov raqib tepgan penaltini qaytardi.
Birinchi bo‘lim Katanes shogirdlarining kichik ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi bo‘limda ham o‘zbekistonliklar faolroq harakat qilgan bo‘lsa-da, darvozalar ishg‘ol etilmadi.
Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini kichik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi.
O‘zbekiston 2-tur bahsini Qirg‘izistonga qarshi o‘tkazadi. Safardagi uchrashuv 10 sentyabr kuniga belgilangan.
JCH—2026 saralashi
5 sentyabr, payshanba
O‘zbekiston – Shimoliy Koreya 1:0
Gol: 1:0 — 20 Masharipov
O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 3. Hojiakbar Alijonov (4. Farrux Sayfiyev, 70), 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov (18. Abdulla Abdullayev, 70), 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov, 11. Oston O‘runov (22. Abbos Fayzullayev, 60), 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov, 15. Umar Eshmurodov, 23. Husniddin Aliqulov.
Shimoliy Koreya: 1. Kang Ju Hyok, 14. Choe Ok Chol, 3. Kuk Chol Jang, 16. Kim Yu Song, 4. Kim Pom Hyok, 20. Chung-song Paek, 22. Kim Kuk Bom, 17. Kuk Chol Kang, 13. Il Song Ri, 10. Han Kvang-Song, 8. Kuk-jin Kim. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi