O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yili uchta mamlakat – AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga chiqish uchun kurashni davom ettirmoqda.
Srechko Katanes shogirdlari jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqichidagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Ta’kidlash joizki, Osiyo qit’asi saralash musobaqasining uchinchi bosqichi kutilmagan natijalar bilan boshlandi. Misol uchun Avstraliya o‘z maydonida Bahrayndan kichin hisobda mag‘lubiyatga uchradi, Falastin futbolchilari Janubiy Koreyadan ochko olib qaytdi.
O‘zbekiston terma jamoasi shimoliy koreyalik futbolchilardan mahorat va tajriba bobida ustun hisoblansa-da, Toshkentda g‘alaba qozonish oson bo‘lmadi. Eldor Shomurodov boshchiligidagi futbolchilar tomonidan raqib darvozasi tarafga hujumlar, zarbalar, bosimlar, kombinatsiyalar ko‘p bo‘ldi, biroq Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gol yagonaligicha qoldi.
Agar terma jamoaiz posboni O‘tkir Yusupov birinchi bo‘lim oxirlarida penaltini, o‘yinning ikkinchi yarmida bir juft o‘ta murakkab va xavfli zarbalarni qaytarmaganida ochko yo‘qotishimiz ham hech gap emasdi.
O‘zbekistonning KXDR ustidan qozongan 1:0 hisobidagi g‘alabasi va Eldor Shomurodovning o‘yiniga Italiya manbalari tomonidan quyidagicha munosabat bildirildi.
FORZAROMA.INFO:
Shimoliy Amerika mamlakatlari mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon chempionatining Osiyodagi saralash turnirlarida “Roma” vakillari ham ishtirok etmoqda. Jumladan, darvozabon Metyu Rayan maydonga tushgan uchrashuvda Avstraliya terma jamoasi Bahrayndan 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Eldor Shomurodov esa, O‘zbekiston milliy terma jamoasini sardor sifatida maydonga boshlab chiqdi va 87 daqiqa davomida hujumchilarni oldinga boshladi.
Uchrashuv 1:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Shu o‘rinda, “Roma” hujumchisi joriy mavsumni “Empoli” darvozasiga kiritilgan gol bilan boshlaganini ta’kidlash lozim.
VOCEGIALLOROSSA.IT:
O‘zbekiston milliy terma jamoasi keyingi jahon chepionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘z uyida Shimoliy Koreya bilan kuch sinashdi. Mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanes “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga boshlang‘ich tarkibdan joy berish bilan birga unga sardorlik bog‘ichini ham ishonib topshirdi.
Bellashuv kichik hisobda mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi. Golni 20-daqiqada Jaloliddin Masharipov kiritdi.
LAROMA24.IT:
Milliy terma jamoalar musobaqalarga kirishdi. O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Eldor Shomurodov Rimga qaytganidan so‘ng, Artyom Dovbikning o‘rnini bosishi kerak. Ukrainalik hujumchi jarohat olib safdan chiqdi.
Rim hujumchisi Shimoliy Koreyaga qarshi uchrashuvni boshlang‘ich tarkibda boshlab, 87-daqiqagacha harakat qildi. Uchrashuv 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlandi. 20-daqiqada Jaloliddin Masharipov hal qiluvchi zarbani berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish uchun Koreya Xalq Demokratik Respublikasidan tashqari, Qirg‘iziston, Eron, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari vakillari bilan raqobatlashadi. Guruhda dastlabki ikki pog‘onani egallagan terma jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri jahon chempionatiga chiqadi. Uchinchi va to‘rtinchi o‘rin egalari saralash musobaqalarini davom ettiradi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 10 sentyabr kuni safarda Qirg‘iziston futbolchilariga qarshi o‘tkazadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi