19:17 / 06.09.2024
32

WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi

WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi
Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn o‘zbekistonlik mijozi Murodjon Ahmadaliyev oxir-oqibat yaponiyalik Naoya Inoue bilan jang qilishi kerakligini aytmoqda.

Ikkinchi eng yengil vazn toifasida Inoue uchun yagona jang qoldi. Bu haqiqiy jang bo‘ladi. WBA jangni belgiladi... vaqti keldi”, — deydi Hirn.

Mazkur vazn toifasida WBC, WBO, IBF, WBA (Super) kamarlarini egallab turgan Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doenini yettinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.

Murodjon Ahmadaliyev ayni damda WBA yo‘nalishi bo‘yicha Naoya uchun majburiy da’vogar hisoblanadi. WBA tashkiloti avvalroq ham bu ikki bokschining jangi uchun rasman buyruq bergan, ammo o‘shanda tomonlar kelishuvga erisha olmagan edi.

Avvalroq Promouter Bob Arum yaponiyalik bokschining keyingi ikki jangi haqida gapirgandi. Biroq ular ichida Murodjon Ahmadaliyev ismi yo‘q edi. Ahmadaliyev esa Inouega murojaat yo‘llagandi: “Inoue, vaqt keldi. Menga manzilni ayt. Qo‘rqma. AQSHda bo‘ladimi, Yaponiyada bo‘ladimi, istalgan vazn, istalgan vaqtda bo‘ladimi, menga farqi yo‘q. Tayyorman. Let's go champ”, — degan edi Murodjon.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBA Ahmadaliyev va Inoue jangiga yana bir bor buyruq berdi