21:23 / 07.09.2024
24

Zidan murabbiylikka qaytish uchun o‘ziga superklub tanladi

Zidan murabbiylikka qaytish uchun o‘ziga superklub tanladi
Fransiyalik mashhur futbolchi va murabbiy Zinedin Zidan professional futbolga qaytishga qaror qildi.

L'Équipe nashrining ma’lum qilishicha, Zidan tez orada “Manchester Yunayted” bosh murabbiyligiga tayinlanishi mumkin. Manbaga ko‘ra, u klub xo‘jayinlariga “Old Traffod”da ish boshlashga tayyorligini bildirgan.

Yozda “Manchester Yunayted” rahbariyati Erik ten Xag bilan shartnomani 2026 yilning yozigacha uzaytirgan edi. Niderlandiyalik mutaxassisga o‘zi istagan o‘yinchilar olib kelib berilganiga qaramay, jamoa o‘yini va natijalarida ijobiy o‘zgarish bo‘lgani yo‘q.

Zidan shu paytga qadar bosh murabbiy sifatida faqat “Real”da, bir yillik tanaffus bilan jami to‘rt yil ishlagan. Fransiyalik mutaxassis qo‘l ostida madridliklar ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi g‘olibi, uch bor Chempionlar ligasi bosh sovrini sohibi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Zidan murabbiylikka qaytish uchun o‘ziga superklub tanladi