Super o‘rta vazn toifasida WBC, WBA va WBO yo‘nalishlari chempioni Saul "Kanelo" Alvares Edgar Berlangani mag‘lub etishiga to‘liq ishonmoqda.
“Edgarning imkoniyati yo‘q. Mening tajribam, aql-zakovatim, boksdagi qobiliyatlarim unikidan ikki baravar yuqori, men har jihatdan yaxshiroqman. Bemalol aytishim mumkin, men 14 sentyabrdagi jangda g‘alaba qozonib bo‘ldim. Berlangani kuzatdim. U xuddi mening uslubimni ko‘chirmoqchi bo‘lgan, dastlab, raqibning qo‘liga zarba beradi, keyin esa navbatdagi raundlarda hujumlarini bosh qismiga o‘tkaza boshlaydi. Bu ajoyib usul, lekin men bilan ishlamaydi", - deya Alvaresning so‘zlarini keltirdi BoxingNews24.
Eslatib o‘tamiz, Alvares(61-2-2, 39 KO) va Berlanga(22-0, 17 KO) o‘rtasidagi jang 14 sentabr kuni Las-Vegasda (AQSH) bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari