19:13 / 14.09.2024
46

Niderlandiya darvozaboni Mika Spigt: "Guruhda irkit o‘rdakcha bo‘lishni istamaymiz"

Niderlandiya darvozaboni Mika Spigt: "Guruhda irkit o‘rdakcha bo‘lishni istamaymiz"
Niderlandiya futzal terma jamoasi darvozaboni Mika Spigt mundial oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avgust oyi oxirida Marokashdagi nazorat o‘yinlaridan so‘ng, murabbiy to‘rtta darvozabonni bir joyga chaqirib, ulardan uchtasini tanladi. Ular orasida men ham bor edim. Jahon chempionatida ishtirok etish ulkan tajriba orttirishimizga sabab bo‘ladi.

Men endigina o‘n to‘qqiz yoshni qarshi oldim va ko‘pchilikdan ancha yoshman. Vaziyatga real qarash kerak, Manuel Kuyk terma jamoaning asosiy darvozaboni, men esa zaxira o‘yinchisiman. Biroq maydonga tushish ehtimoli paydo bo‘lsa, ajoyib ish bo‘lardi. Agarda bu voqea sodir bo‘lmasa ham, jamoadoshlarimni qo‘llab-quvvatlab, qo‘limdan kelganicha yordam beraman.

Mezbon O‘zbekistonga qarshi o‘yin 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan o‘yingohda o‘tkaziladi. Bizga aytishlaricha, deyarli barcha chiptalar sotib bo‘lingan. Demak, stadion muxlislar bilan to‘ladi. Hech qachon bunchalik ko‘p ishqibozlar qarshisida o‘ynamaganman. Hatto Qozog‘istonda eng ko‘pi uch ming kishi qarshisida to‘p tepganman.

To‘g‘ri, guruhimizdagi barcha davlatlar jahon reytingida yuqori pog‘onalarda joylashgan. Biroq Finlyandiya va Ozarbayjonga qarshi o‘yinlarda kuchli davlatlarni ham mag‘lub etishimiz mumkinligini isbotladik. Guruhda irkit o‘rdakcha (kulgiga qoladigan va zaif ko‘riladigan ma’nosida — tahririyat) bo‘lishni istamaymiz. Biz bir jamoa bo‘lib, keyingi bosqichga yo‘l olishimiz mumkinligini isbotlashni istaymiz", - dedi 19 yoshli darvozabon.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi "A" guruhidagi ilk uchrashuvini 14 sentyabr kuni O‘zbekistonga qarshi o‘tkazadi.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Niderlandiya darvozaboni Mika Spigt: "Guruhda irkit o‘rdakcha bo‘lishni istamaymiz"