O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati 14 sentyabr, shanba kuni start oldi.
A guruhidan joy olgan O‘zbekisto terma jamoasi ilk turda Niderlandiyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 4-daqiqasida Tevfik Cheyar hisobni ochdi. 16-daqiqada Elbek To‘lqinov muvozanatni tikladi. Bo‘lim 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa Niderlandiya yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safargi gol muallifi — Ismoil Odduh. 36-daqiqada Ixtiyor Ropiyev hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan bir daqiqa o‘tib, Odduh dublni rasmiylashtirib, jamoasining hisobda oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Husniddin Nishonov muvozanatni tikladi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Paragvay Kosta-Rikani 5:2 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston 2-turda Paragvayga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 17 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Jahon Chempionati
1-tur
14 sentyabr, shanba
O‘zbekiston — Niderlandiya 3:3
Gollar: 0:1 — 4 Tevfik Cheyar, 1:1 — 16 Elbek To‘lqinov, 1:2 — 28 Ismoil Odduh, 2:2 — 36 Ixtiyor Ropiyev, 2:3 — 37 Ismoil Odduh, 3:3 — 39 Husniddin Nishonov.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»