Jahon chempionati ilk turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Niderlandiya (3:3) bellashuvidan so‘ng milliy termaning tajribali futzalchisi Ixtiyor Ropiyevning fikrlari bilan qiziqdik.
- O‘yin haqida
- O‘yin yaxshi bo‘ldi, faqat ozgina omad kelmadi. O‘z xatolarimiz evaziga gollar o‘tkazib yubordik. Hechqisi yo‘q, durang ham kerakli natija.
- O‘zbekiston termasining ko‘plab zarbalari yo noaniq ketyapti, yo darvozabon turgan nuqtaga yo‘naltirilmoqda...
- Sal tajriba yetishmadi deb o‘ylayman. Keyingi uchrashuvlarda buni to‘g‘rilashga urinamiz.
- Jarohat olgan futzalchilarning yo‘qligi qanchalik bilindi?
- Hammaning o‘z o‘rni bor edi. Ayniqsa, ularning tajribasi bizga qo‘l kelardi. Xudo xohlasa, tarkibdagi yoshlar ularning o‘rnini munosib ravishda to‘ldiradi.
- Paragvay Kosta-Rikani 5:2 hisobida yutdi. Mutaxassislarga ko‘ra, Paravay Niderlandiyadan kuchliroq. Bu borada qanday fikr bildirasiz?
- To‘g‘ri, Paragvay stabil va kuchli jamoa, lekin guruhimizdagi hamma jamoa bir xil darajada deb bilaman. Oldimizda bizda tayyorgarlik uchun 2 kun vaqt bor. Nasib qilsa, Paragvayni yengamiz.
Eslatib o‘tamiz, 2-tur doirasidagi O‘zbekiston – Paragvay bahsi 17 sentyabr kuni 20:00 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»