Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 4-tur uchrashuvida “Lans” o‘z maydonida “Lion” klubini qabul qildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan harakat qilgan Abduqodir Husanov yakunda o‘yinning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Sababi aynan uning mehnatlari evaziga raqiblar “Lans” darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Uchrashuvning birinchi bo‘limi 12-daqiqasi hamda ikkinchi bo‘limda mezbonlar darvozasi ishg‘ol etildi, ammo gol ofsayd sabab bekor qilindi.
Foto: Sofascore
Sofascore nashri o‘zbekistonlik himoyachining o‘yinini 7,8 ballga loyiq ko‘rgan.
Ushbu durangdan so‘ng “Lans” jamoasi ochkolari soni 8 ta yetgan va ular chempionatning 4-o‘rnida bormoqda. “Lion” jamoasi hisobida 4 ochko mavjud. Ular musobaqaning 12-o‘rnini egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Abduqodir Husanov kichik jarohat sabab KXDR va Qirg‘iston jamoalariga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi