
Futzal bo‘yicha Jahon chempionati ikkinchi turida Paragvayga imkoniyatni boy bergan O‘zbekiston termasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
– Mag‘lubiyatning asosiy sababi nima bo‘ldi?
– Chunki Paragvay bugun bizdan yaxshiroq o‘ynadi. Ular o‘yinni nazorat qilishdi, vaziyatlarni golga aylantirishdi. Sabab shunda.
– Muxlislar sizdan ko‘p narsa kutishgandi, biroq ma’lum sabablarga ko‘ra natijalar u qadar yaxshi bo‘lmayapti...
– Biz bor kuchimizni ishga solmoqdamiz. Bugun ham g‘alaba uchun borimizni berdik. O‘yin oxiriga qadar harakat qildik. Bizda gol urish uchun yetarli vaziyatlar bor edi, ammo vaziyatlarni yakunlay olmadik.
– Guruh bosqichidagi uchinchi o‘yin biz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?
– Kosta-Rikaga qarshi o‘yin biz uchun Jahon chempionati finaliga teng. Faqat g‘alaba qozonishimiz kerak.
– Bugun standart vaziyatlardan foydalanishda muammolar yuzaga keldi...
– Biz gol urishga harakat qildik, ammo buni uddalay olmadik. Standart vaziyatlar bo‘yicha mashg‘ulotlarda ishlaganmiz, ammo o‘yinda gol urishni imkoni bo‘lmadi. Vaziyatlarni yakunlashda muammolarga duch keldik. Yakuniy nuqtani qo‘yishda oqsadik.
– Keyingi bosqichga chiqish uchun imkoniyatimiz qanday deb hisoblaysiz?
– Faqat g‘alaba qozonimiz kerak. Yagona yo‘li g‘alaba qozonish. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar