14:07 / 18.09.2024
25

Husniddin Nishonov: "Kosta-Rikani nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz lozim"

Husniddin Nishonov: "Kosta-Rikani nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz lozim"
O‘zbekiston futzal terma jamoasi yetakchilaridan biri Husniddin Nishonov JCH 2-turi doirasidagi Paragvay (1:4) bilan uchrashuvdan keyin jurnalistlar savollariga javob berdi.

- O‘yin haqida
- O‘yin haqida nima ham deyishim mumkin? Biz hozir juda ham og‘ir ahvoldamiz. Har doimgidek, qo‘rqib o‘ynayapmiz. 2 ta stantdart orqali darvozamizdan 2 ta to‘p olib chiqdik. Shu bilan o‘yin izidan chiqib ketdi. Tushunarsiz holatdamiz. Muxlislardan, xalqimizdan uzr so‘raymiz.

- Siz va boshqa futzalchilar tomonidan Elbek To‘lqinovga ko‘plab e’tirozlar bildirildi...
- Faqat Elbek To‘lqinov xato qilmadi. Hammamiz ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ydik. Birgina Elbek yutqazmaydi, butun jamoa yutqazadi. Bizda hali ham imkoniyat bor. Kosta-Rikani qanaqa qilib bo‘lsa ham mag‘lub etishimiz kerak. Hammasi o‘z qo‘limizda, bu imkonni boy bermasligimiz kerak.

- Mana 2 ta o‘yin ortda qoldi. Biroq terma jamoa standart vaziyatlar orqali aytarli vaziyat yaratmadi. Bu borada nima deya olasiz?
- Buni ko‘rib chiqamiz. Kosta-Rikani nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz lozim. Musobaqa uyimizda o‘tyapti, salbiy natija bo‘lmasligi kerak deb o‘ylayman.

- Jarohatingiz qay darajada?
- Alhamdulilloh, hozir barchasi joyida.

- Bugun muxlislar tinim bilishmadi...
- Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlashda davom etishsin, keyingi bahsda albatta o‘zimizni ko‘rsatamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husniddin Nishonov: "Kosta-Rikani nima qilib bo‘lsa ham yutishimiz lozim"
ePN