16:06 / 18.09.2024
36

“Bavariya” butun zamonlar rekordini o‘rnatdi

“Bavariya” butun zamonlar rekordini o‘rnatdi
“Bavariya” Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining birinchi urida o‘z maydonida “Dinamo Zagreb” jamoasini 9:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

“Arena Myunxen” stadionida kechgan bellashuvdagi bu natija Chempionlar ligasi tarixida butun zamonlarning yangi rekordi sifatida qayd etildi.

Opta Franz portali ekspertlarining hisob-kitoblariga qaraganda, ilgari hech bir ishtirokchi Chempionlar ligasining bitta o‘yinida to‘qqizta gol urmagan edi.

Xorvatiyaliklar uchun o‘ta omadsiz kechgan bahsda “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn to‘rtta gol urdi. Tajribali hujumchi Chempionlar ligasida pokerga erishgan birinchi angliyalik futbolchi sifatida shaxsiy rekordini o‘rnatdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bavariya” butun zamonlar rekordini o‘rnatdi