21:44 / 23.09.2024
65

Diyora Keldiyorova: “Balog‘at yoshimda ko‘pchilik buvimga nevarangiz sportni to‘xtatsin, degan”

Diyora Keldiyorova: “Balog‘at yoshimda ko‘pchilik buvimga nevarangiz sportni to‘xtatsin, degan”
Foto: Getty Images
Fransiyaning Parij sharida bo‘lib o‘tgan Olimpiadaning dzyudo bo‘yicha bahslarda oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Keldiyorova sportdagi professional faoliyatini tugatmasdan davom ettirishiga buvisi sababchi bo‘lganini ma’lum qildi.

UNESCO tashkilotiga bergan intervyusida sportchi buvisining ham kurash bilan shug‘ullanganini ochiqladi.

"Sport bilan shug‘ullanishni 6 yoshimdan boshlaganman. Faoliyatim boshlanishiga buvim sababchi bo‘lgan, chunki o‘zlari yoshligida ukalari va singillari bilan milliy kurash bilan shug‘ullangan. O‘zbek mentaliteti sabab buvim sport bilan professional tarzda shug‘ullanishda davom eta olmagan. Shunday bo‘lsa-da nevaralarini sport to‘garaklariga bergan. Men, singlim sportda faoliyatimizni davom ettirganmiz", — dedi Diyora.

Foto: Getty Images
Bundan tashqari sportchi balog‘at yoshida sport bilan shug‘ullanishiga to‘sqinliklar bo‘lgani haqida esladi.

"Balog‘at yoshimda ko‘pchilik tanishlar “Diyora sportni yig‘ishtirsin, qiz bola qiladigan ishlarni qilsin. Tikish qilsin, ovqat qilishni o‘rgansin. Oila qilib farzandli bo‘lish kerak”,degan. Shunda buvim bizni himoya qilgan. Ularga bu oddiy ishlarni o‘rganish qiyin emasligini, hayotining salmoqli qismini arziydigan ishga sarflash kerakligini aytib bizni qo‘llagan. Mening o‘ylashimcha, ushbu fikrlash o‘zgarishi uchun ayollar boshqa ayollarni himoya qilishi kerak. O‘shanda katta kuch hosil bo‘ladi va bu kuch bilan ko‘p narsaga erishish mumkin”, — deydi Olimpiada oltin medali sohibi Diyora Keldiyorova.

Ma’lumot uchun Diyora Keldiyorova Parijda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada yaponiyalik Abeni mag‘lubiyatga uchratib dzyudo olamida shov-shuv ko‘targan edi.

Oltin medalni qo‘lga kiritgan Diyora Tahoe avtomobili, 200 ming AQSH dollari va kottej bilan taqdirlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Diyora Keldiyorova: “Balog‘at yoshimda ko‘pchilik buvimga nevarangiz sportni to‘xtatsin, degan”