13:09 / 26.09.2016
6 625

Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi

Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi

Hindistonda davom etayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida bugun yana ikkita chorak final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan 15:30 da Ummon va Shimoliy Koreya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Temur Olimxo‘jaev boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi esa ikkinchi chorak final bahsida Iroq bilan to‘qnash keladi. Makuzr o‘yin Toshkent vaqti bilan 18:30 da start oladi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi mazkur o‘yinda Iroqni mag‘lub qilsa, kelgusi yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Yarim finalda esa Yaponiyaga qarshi to‘p surish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: Tribuna.Uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston U-16 terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun maydonga chiqadi