32
Ivan Boshkovich: “Safarda kuchli raqibni mag‘lub etish yoqimli, lekin maydon holati o‘yin sifatiga ta’sir ko‘rsatdi”
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “So‘g‘diyona” (0:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham qiyinchiliklarga duch keldi. Maydon holati ham futbol o‘ynash uchun juda qulay emasdi. Havodan kelgan to‘plarni ustunlikka erishishga intildik. Yovovich jamoa uchun muhim futbolchi ekanini isbotladi. Himoyada yaxshi o‘ynadik deb ayta olaman. Safarda kuchli raqibni mag‘lub etish yoqimli. “Navbahor” jamoasiga O‘zbekiston kubogi final uchrashuvida omad tilayman.
- Yirik hisobda g‘alaba qozongan ekansiz, “Navbahor” o‘yinida qanday kamchiliklarni ko‘rdingiz?
- “Navbahor” kuchli jamoa. Ushbu mavsum bizni mag‘lub etgan o‘yinlar ham bo‘ldi. Men muammoni jamoa maydoni sifatida ko‘rayapman. Maydon holatining ideal emasligi jamoa o‘yini sifatiga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi.
- Samvel Babayan boshqargan “Navbahor” va Sergey Lushchan boshqarayotgan “Navbahor”ni taqqoslasak, qaysi murabbiy qo‘l ostidagi jamoa sizga ko‘proq qiyinchilik tug‘dirgan?
- Statistika bu savolingizga javob beradi. Aytib o‘tganimdek, maydon holati ham o‘yin sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. “Navbahor” har doim agressiv futbol namoyish etadigan klub. Aytishim mumkin, bugun va O‘zbekiston kubogi doirasidagi o‘yinlarda farq sezildi. Har bir jamoaning o‘z uslubi bor. Birinchi bo‘limda “Navbahor” juda kuchli o‘yin namoyish etdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi