00:40 / 27.09.2024
17

Sergey Lushchan: “Muxlislardan uzr so‘rayman. Final oldidan bugun antifutbol o‘ynadik”

Sergey Lushchan: “Muxlislardan uzr so‘rayman. Final oldidan bugun antifutbol o‘ynadik”
Superliganing 20-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “So‘g‘diyona” (0:3) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Birinchi navbatda muxlislardan uzr so‘raymiz. Ikkinchi bo‘limda munosib futbol o‘ynay olmadik. Oldimizda final uchrashuvi kutib turibdi, shu haqida jiddiy o‘ylayapmiz. Final oldidan bugun antifutbol o‘ynadik, bu juda yomon.

- Bugun “Navbahor”da o‘yinni qutqarib qolish uchun imkoniyat yetarli edimi?

- Imkoniyat har doim bo‘ladi. Lekin o‘z darvozangizdan 2-3 ta to‘p olib chiqqaningizdan so‘ng bu qiyinlashadi, imkonsizdek ko‘rinadi. Bunaqa holatda imkoniyat deyarli yo‘qqa chiqadi. Birinchi bo‘limda kurash kechayotgandi, ikkinchi bo‘limda vaziyat juda o‘zgarib ketdi. Ikkinchi to‘pni juda oddiy vaziyatda o‘zgarib yubordik. Masalan, “Nasaf” bilan o‘yinda garchi mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak ham, oxirigacha kurashgandik.

- Ikkinchi bo‘limda zaxiralarni amalga oshirdingiz. Ikkita hujumchi bilan o‘ynash, yoshlarni maydonga tushirish to‘g‘ri bo‘ldi deb hisoblaysizmi?

- Bu yerda muammo ikkita hujumchida emas. Biri hujumchi ortida o‘ynab maydon markazidagi kurashga yordam berish kerak edi. Nikabadze bosh bilan yaxshi o‘ynaydi, jarima maydoni ichida xavfli. Iminjonov yoshlar ligasida to‘purarlik salohiyatini namoyish etayapti.

- Kubok finali haqida fikringiz qanday? Muxlislar baribir jamoa g‘alabasiga ishonch bildirishayapti…

- Muxlislardan minnatdormiz. Yana bir bor uzr so‘rayman. Final o‘yinida bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz. Hozir faqat shu haqida o‘ylayapmiz. Boshqacha yo‘limiz yo‘q. Bizda joriy mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda yakunlash uchun yaxshi imkoniyat mavjud va bundan unumli foydalanishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: “Muxlislardan uzr so‘rayman. Final oldidan bugun antifutbol o‘ynadik”
ePN