22:06 / 27.09.2024
56

Kutib ol, Boku. O‘zbek o‘g‘loni kelmoqda!

Kutib ol, Boku. O‘zbek o‘g‘loni kelmoqda!
28 sentyabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida "IBA Champion's Night" turniri bo‘lib o‘tadi. Ahamiyatlisi, ushbu musobaqada hamyurtimiz Mirazizbek Mirzahalilov va rossiyalik bokschi Vsevolod Shumkov 57 kg vaznda IBA Pro jahon chempionlik kamari uchun o‘zaro jang qiladi. Ikki boschi ham bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Vsevolod Shumkov: "Miraziz yaxshi bokschi. Ammo juda kam hujumga o‘tadi. Ko‘pincha u kuchli yakkalik zarbalari bilan kifoyalanadi. O‘ylaymanki, mening texnikam va jismoniy holatim g‘alaba qozonishimga yordam beradi. Men bu jangga jiddiy tayyorgarlik ko‘rganman."

Mirazizbek Mirzahalilov: “20 yildan berib boks bilan shug‘ullanib kelaman. Akam mening birinchi murabbiyim. Biz u bilan bu sportda katta natijalarni maqsad qilganmiz. Men kutgan onlarga esa juda yaqin qolmoqda. Umid qilamanki, bu jangda men g‘alaba qozonaman."

Eslatib o‘tamiz, Mirazizbek Mirzahalilov o‘zinig so‘nggi jangida meksikalik Luis Rodrigesni mag‘lubiyatga uchratgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kutib ol, Boku. O‘zbek o‘g‘loni kelmoqda!