20:57 / 29.09.2024
7

"Paxtakor" va "Nasaf" ikkinchi imtihonga tayyormi?

"Paxtakor" va "Nasaf" ikkinchi imtihonga tayyormi?
Ushbu hafta yana klublar o‘rtasidagi xalqaro o‘yinlarni ko‘ramiz. "Paxtakor" OCHL Elit 2-turida maydonga tushsa, "Nasaf" OCHL 2 musobaqasida 2-turni o‘tkazadi. "Paxtakor" ertaga Eronda "Persepolis" mehmoni bo‘ladi. Ma’lumot uchun, "Persepolis" dastlabki turni safarda "Al Ahli"ga qarshi o‘tkazib, 0:1 hisobida mag‘ub bo‘ldi. "Paxtakor" esa Toshkentda o‘tkazilgan bahsda "Al Vasl"ga xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi.

"Persepolis" bu o‘yinga qadar o‘z milliy chempionatida "Istiqlol"ga qarshi bahs olib borib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona gol 90+3-daqiqada Hosseyn Kanani tomonidan kiritildi. Uchrashuvda hamyurtimiz Oston O‘runov ishtirok etmadi. "Paxtakor" esa Eron safari oldidan "Olimpik" bilan kuch sinashib, 6:0 hisobida zafar quchdi. Quyida ma’lumot sifatida OCHL Elit musobaqasining 1-turida qayd etilgan natijalar va 2-tur uchrashuvlarini keltirib o‘tamiz.

OCHL Elit. 1-tur natijalari

16 sentyabr. "Al Ayn" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) 1:1
16 sentyabr. "Al Shorta" (Iroq) - "Al Nassr" (S.Arabistoni) 1:1
16 sentyabr. "Istiqlol" (Eron) - "Al Garafa" (Qatar) 3:0
16 sentyabr. "Al Ahli" (S.Arabistoni) - "Persepolis" (Eron) 1:0

17 sentyabr. "Paxtakor" (O‘zbekiston) - "Al Vasl" (BAA) 0:1
17 sentyabr. "Al Rayyan" (Qatar) - "Al Hilol" (S.Arabistoni) 1:3

2-tur uchrashuvlari

30 sentyabr. 21:00. "Al Sadd" - "Istiqlol"
30 sentyabr. 21:00. "Persepolis" - "Paxtakor"
30 sentyabr. 21:00. "Al Vasl" - "Al Ahli"
30 sentyabr. 23:00. "Al Nassr" - "Al Rayan"

1 oktyabr. 23:00. "Al Garafa" - "Al Ayn"
1 oktyabr. 23:00. "Al Hilol" - "Al Shorta"

2 oktyabr kuni "Nasaf" ham o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Qarshiliklar Markaziy stadionda BAAning "Shabab Al Ahli" klubini qabul qilishadi. "Nasaf" OCHL 2 ilk turini safarda "Quvayt SK"ga qarshi o‘tkazib, o‘yinda hisob ochilmadi. "Shabab Al Ahli" esa o‘z maydonida Iordaniyaning "Al Husseyn" klubidan 3:1 hisobida ustun keldi.

"Shabab Al Ahli" Qarshiga kelishdan oldin "Al Oruba" bilan bellashib, 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Qizig‘i shundaki, uchrashuvdagi barcha gollar legionerlar tomonidan kiritildi. Xususan Gilerme Da Silva, Yuriy Sezar, Bruno Kaskardo va Federiko Kartabia mehmonlarning goliga mualliflik qilishdi.

Ayni payt "Shabab Al Ahli"da to‘p tepayotgan legionerlar orasida eng mashhuri Sardor Azmun bo‘lib, u mazkur bahsda maydonga tushdi, biroq 65-daqiqada penaltidan to‘p kirita olmadi.

"Nasaf" bo‘lajak uchrashuv oldidan oxirgi bahsni kecha "Bunyodkor"ga qarshi o‘tkazib, 2:2 hisobini qayd etdi. E’tiborlisi, Qarshiliklar safida ham faqat legioner futbolchilar gol muallifi bo‘ldi: Zoran Marushich va Marko Stanoyevich. Quyida OCHL 2 natijalari va keyingi o‘yinlarni keltirib o‘tamiz. "Nasaf" va "Paxtakor"ga esa omad tilab qolamiz.

OCHL 2. 1-tur natijalari

18 sentyabr. "Shabab Al Ahli" (BAA) - "Al Husseyn" (Iordaniya) 3:1
18 sentyabr. "Quvayt SK" (Quvayt) - "Nasaf" (O‘zbekiston) 0:0

2-tur uchrashuvlari

2 oktyabr. 19:00. "Nasaf" - "Shabab Al Ahli"
2 oktyabr. 21:00. "Al Husseyn" - "Quvayt SK"

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" va "Nasaf" ikkinchi imtihonga tayyormi?
ePN