Futzal. Jahon chempionatining barcha yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi

Futzal. Jahon chempionatining barcha yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi
Foto: “O‘FA”
Futzal bo‘yicha Jahon chempionatining chorak finali doirasidagi so‘nggi bahs 30 sentyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘shni Qozog‘iston milliy jamoasi amaldagi vitse-chempion Argentinaga qarshi bahs olib bordi.

“Humo Arena”da o‘tgan bahsda qozog‘istonlik futzalchilar yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Argentina raqibidan tajriba bobida ustunligini ko‘rsatd va yakunda 6:1 hisobida zafar quchib yarim finalga yo‘llanma olgan so‘nggi jamoaga aylandi.
Futzal. Jahon chempionatining barcha yarim finalchilari ma’lum bo‘ldi
Foto: FIFA
Shu tariqa, Argentina yarim finalda Fransiyaga qarshi parketga chiqadi. Ikkinchi juftlikda Braziliya va Ukraina to‘qnash keladi. O‘yinlar ikkinchi hamda uchinchi oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar