18:29 / 01.10.2024
11

Murodjon Ahmadaliyev: “Inoue, seni nokautga uchrataman”

Murodjon Ahmadaliyev: “Inoue, seni nokautga uchrataman”
Professional boksning ikkinchi yarim yengil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev yana bir bor ehtimoliy raqibi Naoya Inouega murojaat qildi.

Charm qo‘lqop ustasi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yaponiyalik jahon chempionini qochib yurmaslikka chaqirdi.

Inoue, qochib yurishni bas qil! Men o‘z chempionlik kamarlarimni sog‘indim. Ularni qaytarib olish vaqti keldi. Qachongacha mendan qo‘rqib, qochib yurasan? Menga manzilni ayt! AQSHmi, Yaponiyami yoki boshqa davlat, ochig‘i menga buning farqi yo‘q. Chempionlik kamari uchun istalgan joyda jang qilishga tayyorman. Men seni nokaut evaziga mag‘lub etaman”, — dedi Ahmadaliyev.

Ma’lumot uchun, 31 yoshli yaponiyalik Naoya Inoue ayni paytda ikkinchi eng yengil vazn toifasida WBA, WBC, WBO hamda IBF kamarlari sohibi hisoblanadi.

Murodjon Ahmadaliyev esa uning WBA kamari uchun majburiy da’vogar bo‘lib turibdi. Inoue 3 sentyabr kuni avstraliyalik Ti Jey Doxeni bilan jang qilib, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev: “Inoue, seni nokautga uchrataman”
ePN