21:00 / 01.10.2024
10

Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimiz keyingi bosqichga o‘tish"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimiz keyingi bosqichga o‘tish"
OCHL-2 doirasida “Shabab Al-Ahli”ga qarshi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev va jamoa darvozaboni Abduvohid Ne’matovlar ishtirok etishdi.

Ro‘ziqul Berdiyev: - O‘z maydonimizda xalqaro o‘yinni boshlash arafasida turibmiz. Albatta, bundan jamoamiz ham, muxlislarimiz ham xursand. Ertaga biz tajribali klubga qarshi maydonga chiqamiz. Og‘ir o‘yin bo‘lishi aniq. Shunga qaramasdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik, ijobiy natija uchun harakat qilamiz. Yigitlar o‘yinga shay, tayyorgarligimiz me’yorida. Ushbu turnirdagi maqsadimiz keyingi bosqichga o‘tish, shu boisdan ham oldimizdagi uchrashuvlarda ochkolar jamg‘arishimiz lozim bo‘ladi.

Abduvohid Ne’matov: - Bizni ertaga ajoyib o‘yin kutmoqda. “Nasaf” muxlislarini qo‘llab-quvvatlash uchun stadionga chorlaymiz. Biz bu jamoani yaxshi o‘rganib chiqdik. Ertangi o‘yinda 3 ochko uchun harakat qilamiz.

- “Nasaf”ning ertangi o‘yindagi imkoniyatlarini necha foizga baholaysiz?
Ro‘ziqul Berdiyev
: - Yuqorida aytib o‘tdim, ertangi raqibimiz anchayin jiddiy. Shunga qaramasdan biz g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz, xalqaro maydon tajribamiz bor. Yigitlar shay, maqsadimiz 3 ochkoga qaratilgan.

- "Shabab Al-Ahli” jamoasining qaysi jihatlari ko‘proq o‘rganildi?
Ro‘ziqul Berdiyev
: - Bu jamoa safida mahoratli futbolchilar bor. Yigitlar bilan bu jamoani o‘yinlarini tahlil qilib chiqdik. “Shabab Al-Ahli”ga qarshi ochiq futbol o‘ynash noto‘g‘ri, umuman OCHL-2 doirasidagi o‘yinlar bunday uslub yakunda og‘ir natijani keltirishi mumkin. Biz vaziyatga qarab o‘z strategiyamizni o‘yin vaqtida namoyish etamiz. Bu darajadagi jamoalarga qarshi o‘yinlarda ehtiyotkorlikka alohida urg‘u qaratish lozim. Fursatdan foydalanib, barcha ustoz va murabbiylarni jamoamiz nomidan tabriklaymiz.

- Tarkibida terma jamoa futbolchilari bor bo‘lgan “Shabab Al-Ahli”ga qarshi o‘yin siz uchun nimani anglatadi?
Ro‘ziqul Berdiyev
- “Shabab Al-Ahli” kuchli ekanini bilamiz. Tarkibini ham o‘rganib chiqdik. Biz o‘z o‘yinimizni o‘ynashimiz kerak. Mahoratli legionerlari ko‘p. Biz yaxshi kayfiyatdamiz, ertangi o‘yinda 3 ochko uchun maydonga chiqamiz.

- Abduvohid, bu yilgi mavsumda siz namoyish etayotgan o‘yindan muxlislar minnatdor bo‘lishayapti. Ertangi o‘yin ham chempionatdagi yorqin o‘yinlaringizni mantiqiy davomi bo‘ladimi?
Abduvohid Ne’matov
: - Yaxshi mavsum o‘tkazayapmiz. Mening yaxshi o‘yinlarim albatta butun jamoamizning qo‘llab-quvvatlashi va mehnati natijasida yuzaga kelayapti. Bu jamoani o‘rganib chiqdik, ertaga g‘alaba uchun maydonga chiqamiz.

- Abduvohid, mavsum yakunida xorij klublaridan bo‘ladigan takliflarni ko‘rib chiqishga qanchalik tayyorsiz?
Abduvohid Ne’matov
: Takliflar bo‘layapti, hozir bu haqida o‘ylayotganim yo‘q. Biz jamoamiz bilan maqsadimiz yo‘lida harakat qilayapmiz. Asosiy e’tiborimizni shunga qaratayapmiz.

Ro‘ziqul Berdiyev: - Takliflar haqida o‘ylamay tursin, o‘zi hozir bizga kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Maqsadimiz keyingi bosqichga o‘tish"
ePN