
“Liverpul” va Dortmundning “Borussiya” klublari sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun federal ordeni bilan taqdirlandi.
Bild xabariga ko‘ra, ushbu mukofot 3 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan bayram - Germaniya birligi kuni munosabati bilan topshirilgan.
Germaniyalik murabbiy davlat mukofotini shaxsan prezident Frank-Valter Shtaynmayerning qo‘lidan qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Klopp 2008 yildan 2015 yilgacha "Borussiya"ni boshqargan. Ushbu davr mobaynida Dortmund klubi ikki marta Germaniya chempioniga aylandi. 2015 yildan 2024 yilgacha esa Klopp "Liverpul" klubi bosh murabbiyi sifatida ishladi va u klubi bilan Chempionlar ligasi hamda Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar