23:00 / 01.10.2024
15

"Shabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza: "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib, ammo..."

"Shabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza: "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib, ammo..."
OCHL-2 doirasida “Shabab Al-Ahli”ga qarshi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Paulo Souza va jamoa o‘yinchisi Valid Abbos ishtirok etdilar.

"Shabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza:
"O‘zbekistonga birinchi marotaba tashrif buyurishim. Ertangi bahsga tayyorgarlik ko‘rish uchun ko‘p vaqtga ega bo‘lmadik. Biz mavsumni endigina boshladik. Men "Shabab Al-Ahli"ga kelganimga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q, "Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev esa 12 yil davomida shu klubda ishlab kelayotgan ekan. Raqibimizni hurmat qilamiz, ertaga yaxshi shakllangan jamoaga qarshi maydonga tushamiz. "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib bo‘lishi aniq, ammo biz o‘z o‘yinimiz va o‘z jamoamiz haqida qayg‘urishimiz kerak. Biz dominant jamoa bo‘lishimiz kerak, bu mening falsafam. Ko‘proq to‘pga egalik qilish, vaziyatlar yaratish va gollar urishga intilamiz. Biz yangi jamoa qurayapmiz va ushbu jamoa yaxshi o‘yin namoyish etishiga ishonaman. Jamoamdagi futbolchilarning ko‘p qismi hali yosh. Shuningdek, Yevropada ham faoliyat yuritgan futbolchilarimiz bor. Xorijda to‘p tepgan futbolchilarimizning tajribasi bizga qo‘l keladi va g‘alaba qozonishga yordam beradi degan umiddaman.

Futbolchi Valid Abbosning o‘yin haqidagi fikri:
"Biz OCHLdagi ikkinchi bahsimizni o‘tkazmoqdamiz. "Nasaf" jamoasining tarkibi kuchli ekanligini ko‘rdim. Biz hozirgi kunda yangi jamoa ko‘rmoqdamiz va ushbu harakatlarimizning mevasini 4-5 yildan keyin olamiz.

- Janob murabbiy, har bir jamoaning bosh murabbiyi o‘z jamoasini chempion qilishni istaydi. "Shabab Al-Ahli"ning hozirgi imkoniyatlaridan kelib chiqib, jamoa OCHL 2 musobaqasida qaysi bosqichga qadar yetib bora oladi deb o‘ylaysiz?

- Men bosh murabbiy sifatida jamoamni chempion qilishni istayman, ammo buning o‘zi yetarli emas. Rahbariyatning maqsadlari ham murabbiy fikri bilan mos tushishi kerak. Biz ishtirok etayotgan har bir musobaqada g‘alaba qozonish imkoniyatimiz bor, biroq avvalambor o‘yin sifatimizni yaxshilab olishimiz kerak. Oldindan taxmin bildirish qiyin.

- Jamoa yozda tajribali Sardor Azmunni o‘z safiga qo‘shib oldi. Sardor ertangi uchrashuvga tayyormi?

- Futbolchi har bir o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak. Jamoada nafaqat Sardor balki boshqa futbolchilar ham ertangi bahsga tayyor. Sardorning transferi bizga katta foyda keltirdi. U boshqa futbolchilardan ustun ekanligi bilinib turibdi. U o‘z sport formasini saqlab qola olishi kerak. Ertaga uning holati bilan tanishib chiqamiz va u maydonga tusha oladimi yo‘qmi, hal qilamiz.

- Futbolchi Valid Abbosga savol. "Nasaf" jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Aziz G‘aniyev "Shabab Al-Ahli"da bir necha yil davomida faoliyat yuritdi. Aziz G‘aniyevning jamoadagi faoliyati va nega jamoani tark etgani haqida gapirib o‘tsangiz?

- Aziz juda yaxshi taassurot qoldirdi. Men u bilan birga o‘ynaganimdan juda xursandman. Aziz "Shabab Al-Ahli" safida ancha o‘sishga erishdi. G‘aniyev nega jamoadan ketganidan xabarim yo‘q to‘g‘risi, unga faqatgina omad tilayman.

- Valid, siz BAAdagi eng tajribali futbolchilardan birisiz. Nima deb o‘ylaysiz, halqaro maydondagi ishtirokini endi boshlagan BAA jamoalari, joriy mavsum qanday natijalarga erisha oladilar?

- Biz ishtirok etayotgan har bir turnirimizda g‘olib bo‘lishimiz mumkin. Avvalroq aytib o‘tganimdek, hozirgi tarkibimizda yoshlar ko‘p. Biz yoshroq futbolchilarga o‘z tajribamiz bilan bo‘lishishimiz kerak, yoshlar esa imkon qadar yaxshiroq o‘yin namoyish etishlari kerak. Har bir musobaqada o‘zgacha holat va vaziyat bo‘ladi. Barchasini hisobga olgan holda biz yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Paulo Souza: "Nasaf" hozirgacha biz duch kelgan eng kuchli raqib, ammo..."
ePN