07:15 / 02.10.2024
3

Rossiyalik uch sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tmoqda

Rossiyalik uch sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tmoqda
Danila Semerikov.
Konkida uchish bo‘yicha olimpiya chempioni, hozirda Rossiya davlat dumasi deputati Svetlana Jurova rossiyalik sportchilar — short-trekchilar Denis Ayrapetyan va Daniil Yeybog hamda konkida uchuvchi Danila Semerikov O‘zbekiston sharafini himoya qilish istagida ekanliklaridan afsusda ekanini bildirdi. Uning so‘zlarini «Match TV» keltirdi.

Svetlana Jurova
«Shunday vaziyatda bu sportchilar Rossiyadan ketishayotganidan afsusdaman. Ularni tushunmayman, ammo tanqid ham qilmayman. Ular ham Olimpiadada qatnashishni istaydi», — dedi Jurova.

Semerikov — jahon chempionatlari sovrindori, Ayrapetyan va Yeybog — Yevropa chempionlari. 1 oktyabr kuni Rossiya konkida uchuvchilar ittifoqi har uch sportchining O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tishi uchun ikki yillik karantinni tasdiqladi.

Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) 2022 yil bahorida rossiyalik va belaruslik atletlarni xalqaro musobaqalardan chetlatgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyalik uch sportchi O‘zbekiston terma jamoasiga o‘tmoqda
ePN