11:00 / 02.10.2024
42

Rossiyada sudlanuvchilarning 40 foizini TIZOdan urushga olib ketish rejalashtirilyapti

Rossiyada sudlanuvchilarning 40 foizini TIZOdan urushga olib ketish rejalashtirilyapti
Foto: Dario Pignatelli / Reuters
Rossiya hukumati tergov izolatorlarida (TIZO) saqlanayotgan 60 ming ayblanuvchining qariyb 40 foizini urush hududiga jo‘natishi mumkin, deb xabar berdi «Vajnie istorii» nashri 1 oktyabr, seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib.

Rossiya Davlat dumasi 2024 yil sentyabr oyi oxirida sinov bosqichida Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzishga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi. Ilgari bunday imkoniyat faqat tergov ostidagi yoki sudlanganlar uchun mavjud edi. Qonun hali kuchga kirgani yo‘q, biroq «maxsus harbiy operatsiya zonasi»da xizmatga jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilarga qancha sudlanuvchi harbiy xizmatga yaroqliligini va ularning qanchasi shartnoma imzolashni xohlayotganini tahlil qilish vazifasi yuklangan, dedi nashr suhbatdoshi.

Urushga 20 mingga yaqin odam yuborilishi mumkin

Rossiyada jinoiy moddalar bilan ishlayotgan advokatlarning «Vajnie istorii»ga aytishicha, har bir tergov izolatoridan 100 ga yaqin ayblanuvchi urushga olib ketilishi mumkin. Rossiya Federatsiyasida 210 ta tergov hibsxonasi mavjudligi hisobga olinsa, 20 mingga yaqin odam jangga jo‘natilishi mumkin. Jami, Federal jazoni ijro etish xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil boshida Rossiya tergov hibsxonalarida 106 ming kishi bo‘lgan.

Advokat Dmitriy Zaxvatov faol yollash kampaniyasini Rossiya rasmiylarining safarbarlikning ikkinchi to‘lqinini e’lon qilishni istamasligi bilan bog‘laydi. Shu bilan birga, huquqshunosning qayd etishicha, qonun qabul qilingunga qadar ham tergov izolatorlarida Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzish istagida bo‘lganlar kam bo‘lmagan. Bosh shtabga yaqin bo‘lgan «Vajnie istorii» manbasi ayblanuvchilarni urushga yuborish qarorini mahbuslar oqimining kamayishi bilan bog‘laydi. «Rossiyada yengil ayblovlar bilan qamalgan kontingentning muhim qismi allaqachon elakdan o‘tkazildi, shuning uchun potensial mahbuslar bilan ishlash kerak bo‘lyapti», dedi suhbatdosh.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyada sudlanuvchilarning 40 foizini TIZOdan urushga olib ketish rejalashtirilyapti