date
views 105

Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi

Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor ShomurodovRoma” bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqida Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Eldor Rim klubi bilan bitimini 2027 yilga qadar uzaytiradi. Futbolchi bilan muzokaralar davom etayotgani va tez orada detallar ochiqlanishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov 2020 yilda Italiyadagi “sayohat”ini boshlagan edi. Dastlab, “Jenoa”da o‘ynagan futbolchi 2021 yilda Rimning “Roma” klubiga o‘tgandi.

Orada “Spetsiya” hamda “Kalyari” jamoalarida ijara asosida o‘ynagan Eldor joriy mavsumdan yana “Roma”da faoliyatini davom ettirmoqda. 2024/25 yilgi mavsum A Seriyada 3 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov “Roma” bilan shartnomasini uzaytiradi