42
“Andijon” dramatik kechgan bahsda “Navbahor”ni yengib, O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi!
Foto: “Andijon”
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi finalida “Navbahor” va “Andijon” jamoalari 5 oktyabr, shanba kuni bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida bir qancha xavfli vaziyatlar bo‘lishiga qaramasdan hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo‘lim boshida esa namanganliklar darvozani ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi. 53-daqiqada Farrux Sayfiyevning qanotdan jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to‘pi o‘ng qanotdagi Abrorbek Ismoilovga kelib tushdi va u kuchli zarb bilan darvozani aniq nishonga oldi.
Shundan so‘ng jamoalar yana bir qancha vaziyatlarni yaratdi. 82-daqiqaga kelib esa andijonliklar hisobni tenglashtirdi. Gol muallifi esa Muhammadkarim Toirov.
Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmagach, jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Ikkinchi qo‘shib berilgan taymda “Andijon” futbolchisi Mamatkazin darvozani ishg‘ol qildi va jamoasini oldinga olib chiqdi.
Oradan 2 daqiqa o‘tib, “Navbahor” futbolchisi Tabatadze hisobni tenglashtirdi.
120+3-daqiqada esa andijonliklar Vladimir Bubanyaning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Shu tariqa “Andijon” O‘zbekiston Kubogi g‘olibiga aylandi. Qayd etib o‘tish kerak, Andijon klubi o‘z tarixida ilk bor kubokni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston Kubogi
Final
5 oktyabr, shanba
“Navbahor” — “Andijon” 2:3
Gol: 1:0 — 53 Ismoilov, 1:1 — 82 Toirov, 1:2 — 116 Mamatkazin, 2:2 — 118 Tabatadze, 2:3 — 120+3 Bubanya.
“Navbahor”: 35. Sanjar Quvvatov, 8. Siyavash Haqnazari, 9. Odil Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 12. Saidazamat Mirsaidov, 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 21. Giorgi Nikobadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farrux Sayfiyev, 77. Abror Ismoilov.
“Andijon”: 1. Eldor Adhamov, 5. Abduvohid G‘ulomov, 8. Farhodbek Bekmurodov, 10. Ilhom Abdug‘aniyev, 13. Sardorbek Azimov, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Vladimir Bubanya, 17. Farhodjon Sohibjonov, 21. Islom Mamatkazin, 26. Muhammadkarim Toirov, 77. Rustam Turdimurodov.
Ogohlantirishlar: Abdurahmon Komilov (37), Jamshid Boltaboyev (68), Odiljon Hamrobekov (98), Levan Arveladze (104). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi