23:13 / 05.10.2024
8

Shomurodovga yangi shartnoma taklif qilayotgan “Roma”da kutilmagan voqealar avj olmoqda!

Shomurodovga yangi shartnoma taklif qilayotgan “Roma”da kutilmagan voqealar avj olmoqda!
“Roma” klubi rahbariyati kutilmagan o‘zgarishlarga qo‘l urib, futbol jamoatchiligini hayratga solishda davom etmoqda.

Yaqinda klub rahbariyati jamoa afsonasi Daniele de Rossini bosh murabbiylikdan bo‘shatib, uning o‘rniga xorvatiyalik Ivan Yurichni tayinlagan edi.

Daniele de Rossi boshchiligidagi “Roma” A Seriyaning dastlabki to‘rtta uchrashuvida uchta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etgani va g‘alaba qozona olmagani klubning amerikalik xo‘jayinlari Den va Ryan Fridkinlarga ma’qul kelmadi. Ular qaltis qaror qabul qilib, rimlik murabbiyni bo‘shatdi.

To‘g‘risini aytganda, Daniele de Rossidek ta’siri kuchli mutaxassisni mavsum boshidayoq ishdan olib tashlash kutilmagan qaror hisoblanadi. Chunki bu mutaxassisni butun Rim shahri qo‘llab-quvvatlab turadi.

Iste’fodan keyin “Roma”ning ashaddiy muxlislari hali hamon klub rahbariyatiga bosim o‘tkazib kelayotgani ana shu fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Ivan Yurich oldiga jamoani kelasi mavsum Yevropa Chempionlar ligasiga olib chiqish vazifasi yuklatildi. Bunga ikki yo‘l bilan erishish mumkin. Birinchisi – A Seriyada kuchli to‘rtlikdan joy olish. Ikkinchisi esa, Yevropa Ligasida g‘olib chiqish.

Ivan Yurich milliy chempionatda jamoaning ketma-ket ikkita g‘alabasini ta’minlagan bo‘lsa-da, xalqaro miqyosdagi natijalar uning salohiyatini shubha ostiga qo‘ya boshladi.

Yevropa ligasi umumiy bosqichining ilk uchrashuvida “Roma” o‘z maydonida Ispaniyaning kuchli jamoalaridan “Atletik” bilan durang o‘ynaganini oqlash mumkin. Lekin futboldan ko‘ra qishki sport turlari yaxshi rivojlangan Shvetsiyada “Elfsborg”ga yutqazish, Ivan Yurichning kelajagiga xavf solyapti.

Italiyadagi Giallorossi.net, Corriere dello Sport kabi nufuzli manbalar Rim klubi xo‘jayinlari yana kutilmagan o‘zgarishga qo‘l urmoqchi ekanini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Fridkinlar Ivan Yurichni bo‘shatib, jamoani yana Daniele de Rossiga topshirmoqchi.

Ma’lumotlarda aytilishicha, A Seriyaning yettinchi turida “Monsa”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv Ivan Yurich uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bosh murabbiy bu bahsda jamoaviy o‘yin ijobiy tomonga o‘zgargani, shogirdlari natija uchun kurasha olishini ko‘rsata olmasa, xo‘jayinlar qat’iy choralarni qo‘llashiga to‘g‘ri keladi.

Biz uchun ahamiyatli tomoni, har ikki murabbiy ham Eldor Shomurodovga ishonch bildiradigan mutaxassislar ekanligida. Xususan, Daniele de Rossi legionerimizga ishonch bildirib, uni klubda olib qoldi va so‘ragan jamoalarga ijaraga berib yuborilishiga yo‘l qo‘ymadi.

Ivan Yurich ham “Elfsborg” bilan bo‘lgan bahsda Eldorni boshlang‘ich tarkibda maydonga tushirdi.

Eng muhimi esa, “Roma” rahbariyati 29 yoshli hujumchimiz borasidagi qarashlarini o‘zgartirgan. Klub mutasaddilari o‘zbek futbolchisiga 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomani yana bir yilga uzaytirishni taklif qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodovga yangi shartnoma taklif qilayotgan “Roma”da kutilmagan voqealar avj olmoqda!
ePN