43
Kamoliddin Tojiyev: "Dragan Cheran bu mavsumda ham to‘purar bo‘lmoqchi. Maksim Shatskix bilan maslahatlashib turibman"
Superliga 21-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (4:2) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bugun muxlislarga ma’qul keladigan o‘yin bo‘ldi. O‘tkazib yuborgan gollarimizni o‘zimizning xatolarimiz tufayli o‘tkazib yubordik. "Dinamo" juda yaxshi shakllangan jamoa va tezkor hujum chizig‘iga ega. Shu sababli bugun ikki jamoa ham qiziqarli futbol namoyish etdi", - dedi Kamoliddin Tojiyev.
- Dragan Cheran so‘nggi uchta uchrashuvda 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Bunga qadar Dragan yorqin o‘yin namoyish etmayotgandi. Bunga sabab nima? Balki siz Cheranni yaxshi mashg‘ulot qildirayotgandaysiz yoki Dragan Cheranning bosh murabbiy Maksim Shatskix bilan bo‘lgan munosabatlari yaxshi emas edimi?
- Mashg‘ulotlarda ko‘proq improvizatsiya qilishga imkoniyat beryapmiz. Futbolchi butun mavsum davomida barqaror o‘yin namoyish etishi ilojsiz. Futbolchilar bilan birgalikda muammolarni yengib o‘tishga harakat qilyapmiz. Cheran joriy mavsum ham eng yaxshi to‘purar bo‘lmoqchi, shu sababli ko‘p gollar urmoqda.
- Bugungi uchrashuvni Abdurauf Bo‘riyev, Doniyor Abdumannopov va Ibrohim Ibragimovlar o‘tkazib yuborishdi. Buning sababi nimada?
- Ibragimovning nervlari shamollagan edi. U ikki haftadan buyon davolanmoqda. Bo‘riyevning qo‘lidan jarohat oldi. Aniqrog‘i, suyagi dars ketdi. Abdumannopovning oyog‘i to‘rt kundan buyon og‘riyapti. U jamoa bilan shug‘ullanmoqda, ammo hali maydonga tushishga tayyor emas.
- Jamoani vaqtinchalik siz boshqaryapsiz. Bosh murabbiy vazifasini bajarish qanchalik qiyin ekan? Maksim Shatskix bilan aloqadamisiz? Maksim Aleksandrovich jamoaga maslahat berib turibdimi?
- Men hech qachon bosh murabbiy rolida ishlab ko‘rmaganman. Qiyinchiliklari bor, albatta. Maksim Shatskix bilan maslahatlashib turibman, bu siz iloji yo‘q.
- "Persepolis"ga qarshi o‘yin haqida batafsilroq to‘xtalib o‘tsangiz?
- Eron safariga borishdan oldin raqibni yaxshi o‘rganib chiqqandik. 40-soniyada o‘tkazib yuborgan golimiz omadsizlik edi. Ikkinchi bo‘limda ancha yaxshi o‘ynadik. Raqibga ochiq zonalar qoldirmadik. "Persepolis" Oston orqali qanotdan hujum qilishga harakat qildi, ammo biz qanotlardagi xavfni bartaraf etdik. Umuman olganda, yaxshi o‘yin o‘tkazdik.
- Jamoa atrofida turli xil gap-so‘zlar yuribdi. Bunday qiyin vaziyatda jamoadagi ichki muhit qanday? Kiyinish xonasidagi atmosfera haqida aytib o‘tsangiz?
- Ichki muhit a’lo darajada. Futbolchilar juda ahil. Biz bir jamoamiz. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi