Futzal bo‘yicha JCH finalidan o‘rin olgan Braziliya – Argentina (2:1) uchrashuvidan keyin braziliyalik futzalchilar Marseno va Marlon fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Menimcha, bugun futzal tarixidagi muhim uchrashuvlardan biriga guvoh bo‘ldik. Ikki jamoa finalga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi. Biz bugun ajoyib o‘yin namoyish etdik va ikkita gol farqi bilan hisobda oldinda bordik.
Argentina ko‘p hujum qilishga harakat qildi, ammo biz to‘g‘ri himoyalandik va g‘alabani saqlab qoldik. Braziliya – yangi jahon chempioni. Musobaqaga tayyorgarlik va musobaqa davomida ko‘p qiyinchiliklarga duch keldik, ammo bularning barchasi ortda qoldi. Biz chempionmiz", – dedi Marseno.
"Barcha tabriklar uchun rahmat. Bugungi final hayotimizdagi eng muhim o‘yin bo‘ldi. Bugun qit’adagi eng asosiy raqibimizga qarshi o‘ynadik. O‘yin kurashlarga boy o‘tdi, lekin shunga qaramay, yakunda biz g‘alaba qozona oldik.
Bu safargi Jahon chempionati biz uchun omadli bo‘ldi deya olaman. Qiyinchiliklar ham bo‘ldi, albatta. Biz bu mundialga uch yil davomida tayyorgarlik ko‘rgandik. Yillar davomidagi mehnatimiz bugun o‘z samarasini berdi", – deya fikr bildirdi Marlon. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi