
WBA chempioni Dmitriy Bivol "DAZN" nashriga bergan intervyusida ayni paytda vazn toifasidan qat’iy nazar 4 ta eng yaxshi bokschi kimligini aytdi.
Unga ko‘ra, ukrainalik Aleksandr Usik birinchi o‘ringa loyiq topildi. Hamyurtimiz Isroil Madrimovni mag‘lub etgan Terens Krouford ikkinchi o‘rinni egalladi. Yaponiyalik Naoya Inoue kuchli uchlikka kiritildi. 30 yoshga qarab ketayotgan Jervonta Devis esa ushbu ro‘yxatni yakunlab berdi.
Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Bivol (23-0, 12 KO) 12 oktyabr kuni Ar-Riyodda Artur Beterbiyev(20-0, 20 KO)ga qarshi jang qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar