
Yaqindagina 21 yoshni qarshi olgan Abbosbek Fayzullaev Rosiya Premer-ligasining eng yorqin oʻyinchilaridan hisoblanadi.
Ayniqsa, hujumkor futbolchimiz SSKA safidagi soʻnggi uchrashuvlarni yuqori saviyada oʻtkazib, jamoasining gʻalabalariga katta hissa qoʻshib kelmoqda.
Rossiya futboli tahlilchilari Abbosbek Fayzullaevning iste'dodini alohida e'tirof etib keladi. Rus matbuoti ham oʻzbek futbolchisi haqidagi ma'lumotlarni koʻp tarqatishga e'tibor beradi. Chunki Fayzullaev Rossiyaga koʻchib oʻtganidan beri futbol jamoatchiligining diqqat markazida boʻlib kelmoqda.
Taniqli futbol murabbiyi Aleksandr Tarxanov Abbosbek Fayzullaevning Evropada oʻynash imkoniyati haqidagi savollarga javob berdi.
- Aslida Evropaga transfer masalasida maslahat berish juda qiyin ish. Koʻp narsa klubning pozitsiyachiga, oʻyinchi bilan xayrlashishga tayyor ekaniga bogʻliq boʻladi.
Biroq adolat yuzasidan olib qaraganda Evropa maydonlarida toʻp tepish bebaho tajriba boʻladi va xalqaro darajada oʻzingni koʻrsatish imkoniyatini beradi.
Agar Fayzullaevga takliflar boʻlsa, Evropada oʻynagani ketgani ma'qul. Aslida bizning oʻyinchilarga doim xorijdan qiziqish boʻladi. Agentlar ularni muntazam kuzatib boradi.
Bundan tashqari, Abbos Oʻzbekistondan, ular Osiyo kubogida oʻynaydi, qit'a miqyosidagi musobaqalarda ham doim kuzatuvlar boʻladi, - dedi Aleksandr Tarxanov.
Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Oʻtgan yili avgustda SSKA kutilmagan transferni amalga oshirib, oʻzbek futbolchisini oʻz tarkibiga qoʻshib oldi.
Toshkentliklarga bu transfer 500 ming evro keltirdi. Fayzullaev qisqa fursatda oʻzini koʻrsata oldi va “armiyachilar” safida asosiy figuralardan biriga aylandi. Legionerimiz SSKAning hujumlariga mas'ul oʻyinchi hisoblanadi. Oʻtgan mavsumda bu jamoa Premer-ligada eng koʻp gol urdi. Kiritilgan toʻplarda oʻzbekistonlik hujumkor futbolchining xizmati katta.
Abbosbek Fayzullaev bir yildan beri Oʻzbekiston milliy terma jamoasidan joy olib kelmoqda. Turli terma jamoalarimizdagi muvaffaqiyatli oʻyinlari ortidan Germaniyaning “Bavariya”, Italiyaning “Parma” va Ispaniyaning “Vilyarreal” klublari hamyurtimizni kuzatuv ostiga olgani haqida ma'lumotlar tarqatilgan edi.
21 yoshli pleymeyker SSKAga koʻchib oʻtganidan beri Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogi doirasida jami 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, oʻz hisobiga 7 ta gol yozdirdi va jamoadoshlariga 19 ta golli pas uzatdi.
Ayni paytdi Fayzullaevning transfer summasi 6 million evroni tashkil qilmoqda. Bu koʻrsatkich boʻyicha hamyurtimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho oʻyinchisi hisoblanadi.
O'zbekiston yangiliklari Abbosbek Fayzullayev Rosiya Premer-ligasi Rus matbuoti Aleksandr Tarxanov Yevropada o‘ynash Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar