17:17 / 10.10.2024
48

"Persepolis" klubi bugun O‘zbekiston - Eron uchrashuvida maydonga tushadigan futbolchini sudga berdi

"Persepolis" klubi bugun O‘zbekiston - Eron uchrashuvida maydonga tushadigan futbolchini sudga berdi
Eron terma jamoasi asosiy darvozaboni Alirizo Beyranvand jazolanishi mumkin. Gap shundaki darvozabon 2022 yil 31 may kuni "Persepolis" bilan 3 yillik shartnoma tuzgan va kelishuv 2025 yil yozida tugashi kerak edi. Ammo 2024 yil iyul oyida futbolchi klub bilan shartnomani bekor qilib "Traktorsozi" klubiga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi.

Yaqindagina bergan intervyusida Alirizo shartnomani bekor qilish uchun "Persepolis" direktorlaridan biriga shartnomaga bir tomonlama bekor qilish punktini qo‘shish uchun 90 ming AQSH dollari pora berganini e’lon qildi. Qo‘shimchasiga futbolchi "Menda o‘sha 90 ming AQSH dollarini berayotganimda olingan video bor" deb aytdi.

"Persepolis" rahbariyati esa shartnomani bir tomonlama bekor qilganlikda ayblab, Beyranvandni sudga berdi. Sud darvozabon 400 ming AQSH dollari to‘lashi haqida qaror chiqardi.

Persepolis, O‘zbekiston, Eron, Alirizo Beyranvand, Sudga berdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Persepolis" klubi bugun O‘zbekiston - Eron uchrashuvida maydonga tushadigan futbolchini sudga berdi