
Ronalduning "An-Nasr"i va Messining "Inter Mayami"sini qiyoslash qiyin, chunki ikkala jamoa ham turli ligalarda oʻynaydi va turli darajadagi raqobatga duch keladi.
"An-Nasr" Saudiya Arabistonidagi eng kuchli jamoalardan biri, ularning tarkibida Ronaldudan tashqari yana bir qator yulduz futbolchilar bor.
"Inter Mayami" esa AQShning MLS ligasida oʻynaydi, ularning tarkibida Messidan tashqari yana bir qator tajribali futbolchilar bor.
Ikkala jamoa ham oʻz ligalarida muvaffaqiyatli natijalarni qayd etishmoqda.
Opta statistika portali ekspertlari jahonning eng kuchli klublari reytingini tuzib chiqdi.
Koʻpchilikni bir necha yildan beri oʻzaro raqobatlashib kelayotgan yulduzlar – Krishtianu Ronaldu va Lionel Messining ayni paytda oʻynayotgan jamoalarining reytingi qiziqtirishi mumkin.
Evropani tark etgan bu ikki mashhur yulduz Osiyo va Amerika qit'asida futbolni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshib kelishmoqda.
Opta mutaxassislari Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasi AQShning “Inter Mayami” klubidan ustun ekanini qayd etgan.
Ronaldu toʻp tepayotgan jamoa umumiy reytingda 92-pogʻonada joylashgan. Messi oʻynayotgan “Inter Mayami”ni ekspertlar reytingning 98-pogʻonasiga joyladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar