O‘FA qalbaki chiptalar borasida futbol muxlislarini ogohlantirdi. Ma’lumki, 15 oktyabr kuni Jahon chempionati saralash turniri doirasida O‘zbekiston va BAA terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
«Ushbu uchrashuvga qiziqish yuqori bo‘lmoqda. Shu o‘rinda chiptalarni noqonuniy olib sotish hamda soxtalashtirish holatlari uchrayotgani haqida ogohlantiramiz! Aynan mana shu holatlar sababli avvalgi o‘yinga ko‘plab insonlar qalbaki chiptalar olgan holda stadionga kira olishmadi. Bunday nopok ishga qo‘l urganlarga qat’iy chora ko‘rilishini ma’lum qilamiz.
Futbol muxlislarini chayqovchilar qo‘lidan chipta olmaslikka chaqiramiz. Qalbaki chiptalar bilan stadionga kiritilmasligi haqida ogohlantiramiz!», deyiladi assosiatsiya xabarida.
Eslatib o‘tamiz, tarmoqlarda 10 oktyabr kuni kechgan O‘zbekiston-Eron bahsida ko‘plab muxlislar qalbaki chiptalar sabab stadion tashqarisida qolib ketgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?