5 million evro Husanov uchun kamlik qiladi...

Yevropada grand klublar qatoriga kirmaydigan aksariyat jamoalar iqtidorli yosh oʻyinchilarni topish va ularni tanitib, olingan summadan bir necha baravar yuqori narxda transfer qilish orqali byudjetini toʻldirib borishi odatiy hol hisoblanadi.
Abduqodir Husanov oʻynayotgan “Lans” klubini ham ana shunday klublar qatoriga qoʻshish mumkin. Lansliklar ham iqtidorli oʻyinchilarni kashf etish va ularni grand klublarga tranfer qilishga katta e'tibor qaratadi.
20 yoshli markaziy himoyachimiz ham oʻz oʻyinlari bilan Yevropada koʻzga koʻrina boshladi. Fransiya matbuotida oʻzbek futbolchisi PSJ nazariga tushgani haqida ma'lumotlar chiqyapti.
Nufuzli manbalar esa, “Lans”ning iqtidorlarni kashf etish boʻyicha amalga oshirayotgan ishlarini tahlil qilmoqda.
LE11HDF.FR:
Yozda “Lans” tizimida jiddiy oʻzgarishlar boʻldi. Jamoa Yevrokuboklarni tark etganiga qaramay, ichki chempionatda magʻlubiyatsiz oʻynamoqda. Yangi bosh murabbiy Uill Still yaxshi tanlov boʻlib chiqdi.
Uill Still 2022-2023 yilgi mavsumda “Reyms” bosh murabbiyi sifatida shogirdlari bilan Liga 1 da 19 ta oʻyindan iborat magʻlubiyatsiz seriya qayd etgandi. Angliyalik mutaxassis bu ishini “Lans”da ham davom ettirmoqda va jamoa dastlabki yetti turda magʻlubiyatga uchragani yoʻq.
“Lans” odatga va rejaga koʻra, oʻtgan mavsumda jamoa yetakchilari boʻlgan Eli Vaxi, Nil El-Aynaui va Kevin Dansoni yozda sotuvga qoʻydi. Uchta transfer jamoaga moʻmay daromad keltirishi kerak edi. Biroq faqatgina Eli Vaxi “Marsel”ga koʻchib oʻtdi xolos. Nil va Kevin tibbiy koʻrikdan oʻtolmagani uchun “Monako” va “Roma” transferlarni barbod qildi.
“Lans” bu yetakchilarning oʻrniga darrov oʻrinbosar topib qoʻydi. Uesli Said va Mbala Nzola Eli Vaxining yoʻqligini bildirmayapti. Maydon markazida Nil El-Aynauining vazifasini Adrien Tomasson, Endi Diuf va Xamzad Ojediran bajarmoqda. Himoya markazida Kevin Danso yoʻqligidan unumli foydalangan Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining eng zoʻr markaziy himoyachilari qatoriga qoʻshildi va asosiy tarkibdan muqim joy oldi.
JEUNESFOOTEUX.COM:
“Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov nafaqat Fransiya chempionatida, balki Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safidagi ishonchli oʻyinlari bilan e'tiborni tortmoqda. “Lans” legioneri jahon chempionati saralashi doirasida Eronga qarshi yuqori darajada oʻynadi va oʻz qudratini koʻrsatib qoʻydi.
20 yoshli himoyachida kuzatilayotgan aqlbovar qilmas oʻsish Transfermarkt portali ekspertlari nazaridan ham qochgani yoʻq. Husanovning transfer summasi ikki baravar oshib, 5 million yevroga yetdi.
Toʻgʻrisini aytganda, 5 million evro “Lans”ning iste'dodli yosh oʻyinchisiga munosib baho emas. 2023 yilning yozida 100 ming yevroga transfer qilingan oʻyinchi bir yilda bir necha baravar qimmatladi va oʻsish davom etmoqda. Bu muhim emas.
Eng asosiysi, Abduqodir Husanov “Lans”da eng kerakli oʻyinchilardan biriga aylanib boʻldi. Avval uning oʻrnida himoya yetakchisi boʻlgan Kevin Danso safga qaytishi bilan Uill Stillda qaysi himoyachidan foydalanish boʻyicha yangi bosh ogʻriq paydo boʻladi. Bunaqa muammoni koʻpchilik murabbiylar orzu qiladi. Shunday emasmi?...
Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida Belarusning "Energetik-BGU" jamoasidan "Lans"ga koʻchib oʻtgan. U Fransiya chempionatida oʻynagan yagona oʻzbek futbolchisi hisoblanadi.

Izohlar 0
…