date
views 81

Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini oʻrnatdi

Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini oʻrnatdi
Foto: Paul Harding / Freelancer / Getty Images Sport
Keniyalik 30 yoshli sportchi Rut Chepngetich 13 oktyabr, yakshanba kuni Chikago marafonida gʻalaba qozonib, ayollar oʻrtasida 2 soat 9 daqiqa 57 soniya natija qayd etib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi.

U 2023 yil sentyabr oyida Berlin marafonida efiopiyalik yuguruvchi Tigist Assefa tomonidan oʻrnatilgan avvalgi rekordni bir daqiqa-yu 56 soniyaga yangilagan.

Erkaklar oʻrtasida rekordchi uning vafot etgan hamyurti Kelvin Kiptum boʻlib qolmoqda.

Chepngetich marafonda 2019 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari, 2021 yil aprel oyida Istanbulda yarim marafon masofasida jahon rekordini oʻrnatgan edi – 1 soat 4 daqiqa 2 soniya.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini oʻrnatdi