Foto: “O‘FA”
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi Vlado Radmanovich BAAga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.
“Avvalo Srechko Katanes haqida ma’lumot bermoqchiman. U hozir yaxshi ahvolda va bizning barcha mashg‘ulotlarimizni onlayn tomosha qildi va bizga maslahatlar berdi. Katanes noyabrda biz bilan birga bo‘ladi. BAA bilan o‘yin juda muhim. Bizda bir salbiy an’ana bor. O‘zbekiston o‘z uyida hech qachon BAAni yutmagan. Ertaga biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Futbolchilar o‘yinga tayyor”, dedi murabbiy.
Murabbiylar Eron bilan o‘yinda nega faol bo‘lmagani haqida to‘xtaldi.
“Bosh murabbiyning maydon chetida bo‘lishi futbolchilarga boshqacha ta’sir qiladi. Uning ishi ham boshqacha ko‘rinishda bo‘ladi. Tan olaman, biz Eronga qarshi o‘yinda o‘zgarishlar qilishga kech qoldik. Ba’zan g‘alaba qozonish uchun qiladigan o‘zgarishlar aks ta’sir qilishi mumkin.
Katanes BAAda ishlagani foydali. Murabbiyligida Srechko Katanes O‘zbekiston termasini mag‘lub etgan. Albatta, o‘sha paytdagi jamoa hozirgidan farq qiladi, ammo ularning mentaliteti, xarakteri va chempionat darajasidan yetarlicha xabardor”, dedi O‘zbekiston jamoasining yordamchi murabbiyi.
Murabbiy kechagi mashg‘ulotlar davomida Abbosbek Fayzullayev jarohat olgani, hujumchilar yo‘qligi va ertangi o‘yin taktikasi haqida gapirdi.
“BAA o‘yinlarini tahlil qildik. Jamoa himoyada yaxshi o‘ynaydi va o‘yinlarda himoyaga ko‘proq tayanadi. Ushbu himoyaga qarshi bosim o‘tkazishga harakat qilamiz. Afsuski, Abbosbek Fayzullayev kechagi mashg‘ulotlarda jarohat oldi. Oston O‘runovning ham hozirda jarohati bor.
Gol urolmaganimiz? Eron himoyasi kuchliligini tan olish kerak. Ammo biz ham ulardan to‘p o‘tkazmayapmiz. 3 yil avvalgi bilan solishtirsak, O‘zbekiston o‘sishga erishdi.
Ertangi o‘yin taktikasi haqida gapira olmayman. Ammo lozim bo‘lsa, tavakkal qilishimiz mumkin. Aziz Turg‘unboyev, Hojimat Erkinov kabi futbolchilar bilan o‘yinni kuchaytira olamiz. Bizga hozir yetishmayotgan futbolchi — Igor Sergeyev. Ikkinchi markaziy hujumchi yo‘qligi sabab Eldor Shomurodov to‘liq o‘ynamoqda”, dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — BAA uchrashuvi ertaga, 15 oktyabr kuni soat 19:00 da “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?