date
views 350

JCh-2026 saralash Osiyo qit'asi. 4-tur bahslaridan soʻng guruhlardagi vaziyatlar qanday?

JCh-2026 saralash Osiyo qit'asi. 4-tur bahslaridan soʻng guruhlardagi vaziyatlar qanday?
Kecha Osiyo qit'asida JCh-2026 saralash uchrashuvlarining 4-tur bahslariga yakun yasaldi. Quyida ushbu yakuniga etgan turdan keyin guruhlarda yuzaga kelgan vaziyat bilan tanishish imkoniga egasiz.

«A» guruhida Oʻzbekiston va Eron terma jamoasi 10 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib borishmoqda.

«B» guruhida esa Koreya Respublikasi 10 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda. Undan keyingi oʻrinlardan Iordaniya va Iroq joy olishdi. Har ikki jamoa 4-tur yakunidan soʻng 7 tadan ochko toʻplashdi.

«C» guruhida esa favorit aniq boʻlib qoldi. Yaponiya 4-tur yakunlaridan soʻng 10 ochko bilan birinchi oʻrinda bormoqda. Ikkinchi toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma uchun esa soʻnggi oʻrindagi Xitoy ham kurash olib bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCh-2026 saralash Osiyo qit'asi. 4-tur bahslaridan soʻng guruhlardagi vaziyatlar qanday?