20:05 / 18.10.2024
9

Superliga. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan bahsda "Nasaf" "Surxon" bilan durang o‘ynadi

Superliga. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan bahsda "Nasaf" "Surxon" bilan durang o‘ynadi
Superliganing 21-turidan joy olgan "Nasaf" - "Surxon" bahsi yakuniga yetdi. Jangovar tarzdan kechgan mazkur bahsda jamoalar kuchi teng keldi.

Dastavval, 17-daqiqada Nasrullayevning super uzatmasidan so‘ng Marushich mezbonlarni hisobda oldting olib chiqdi. Ikkinsi bo‘limning dastlabki yigirma daqiqasi ichida esa Haydarov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shu bilan birga ikki jamoaning ham bir nafardan futbolchisi, ya’ni Nasrullayev va Hamidjonov qo‘pol harakati uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

Shu tariqa, jamoalar 21-turda bir ochkodan kifoyalanadigan bo‘ldi.

Superliga, 21-tur
"Nasaf" - "Surxon" 1:1
Gol
: 1:0 — 17, Zoran Marushich (Sherzod Nasrullayev), 1:1 — 62, Abdug‘afur Haydarov (Asilbek Jumayev).

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 5.G‘olib G‘aybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov, 10.Bobir Abdixoliqov, 19.Stefan Cholovich, 22.Igor Golban, 32.Zoran Marushich, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 4.Dilshod Komilov, 6.Murod Rahmatov, 21.Doniyor Narzullayev, 23.Kuach Yuel, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 70.Jambuli Jigauri, 88.Marko Stanoyevich.

"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Jamoliddin Xo‘janiyozov, 6.Behzod Shamsiyev, 8.Humoyun Sherbo‘tayev, 10.Dmitriy Pletnev, 11.Abdug‘afur Haydarov, 14.Sarvar Abduhamidov, 27.Asilbek Jumayev, 66.Behro‘z Shaydulov, 98.Farruh Ikromov (77.Asadbek Karimov, 63).
Zaxira: 86.Davron Merganov, 4.Nodirxon Ne’matxonov, 9.Tamirlan Jamoliddinov, 15. Diyor Ramazonov, 20. Sardor Mahmudov, 22.Javohir Jo‘rayev, 80.Diyor Jaloliddinov, 88.Mirjalol Abdumutalov.

Ogohlantirishlar: Sunnatulloh Hamidjonov (65), Sarvar Abduhamidov (72), Behro‘z Shaydulov (90+6).
Chetlatish: Sherzod Nasrullayev (69), Sunnatulloh Hamidjonov (87, ikkinchi ogohlantirish).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Ikkita qizil kartochka ko‘rsatilgan bahsda "Nasaf" "Surxon" bilan durang o‘ynadi