18:16 / 19.10.2024
5

Messi: “Bolalikda orzu qilganimdan ko‘proq natijaga erishdim”

Messi: “Bolalikda orzu qilganimdan ko‘proq natijaga erishdim”
Foto: Getty Images
Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi Lionel Messi faoliyatidagi barcha maqsadlariga erishganini aytdi.

Men barcha orzularimni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldim va bolaligimda niyat qilganimdan ham ko‘proq narsaga erishdim. Xudo menga bularni berdi. Men futbolchining eng katta orzusi – Jahon chempionatida g‘olib chiqishni uddaladim. Hayotimning bir bo‘lagi hisoblangan “Barselona”da ko‘p titullarni qo‘lga kiritdim.

2026 yilgi Jahon chempionati? Reja qilgan ishlarim bor, lekin avvaldan bir narsa deyolmayman. Har kunimdan zavq olishga harakat qilyapman. Vaqti kelganda hammasi ayon bo‘ladi, shoshqaloqlik qilishni yoqtirmayman. O‘zimni yaxshi his qilish va baxtli bo‘lish uchun hozirgidek o‘ynashda davom etaman
”, dedi Messi.

Argentinalik hujumchi tarixdagi tarixdagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchiga aylandi: iyul oyida u Argentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogida g‘olib chiqdi va o‘zining 45-sovrinini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, Messi hozirda “Inter Mayami” klubida to‘p suradi, uning klub bilan shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi: “Bolalikda orzu qilganimdan ko‘proq natijaga erishdim”